• 13.2.3 Televedeniyadan geografiya darslarida foydalanish.
  • Geografiya darslarida epidoskol va kodoskoplardan foydalanish




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Geografiya darslarida epidoskol va kodoskoplardan foydalanish 
    Geografiya darslari yaxshi o’tish va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi 
    turli manbalardan rasmlar, chizmalar, kartalar, diagrammalar, jadvallar va 
    boshqa ko’rgazmali ma’lumotlarni namoyish etish uchun yig’adi. Mazkur 
    materiallar epidoskop orqali namoyish qilinadi. Epidoskoplar har qanday 
    manbalardan kesib olingan materiallarni ekranda ko’rsatib beradigan 
    apparatdir. Epidoskop yordamida o’quvchilardan turli xil topshiriqlarni 
    bajarishni talab qilish va o’quvchilar tomonidan bajarilgan uy vazifalarni 
    namoyish qilish mumkin (chizmalar, diagrammalar, yozuvsiz kartalar, 
    jadvallarni to’ldirish va h.k.)
    Epidoskop yordamida qisqa vaqt ichida o’quvchilar dars uchun 
    xomaki karta, chizmalar, diagrammalar, rasmlar tayyorlashlari mumkin. 
    Epidoskop yordamida darsni qiziqarli o’tish mumkin. 
    Ta’lim jarayonida kodoskoplar ham keng qo’llaniladi. Bunday yirik 
    formatli plenkali diapozitiv lenta –transparantlar kodoskop orqali 
    ko’rsatiladi. Darsni tushuntirish davomida bunday diapozitsiyalarga 
    yozish, chizish turli xil belgilar qo’yish, yetmayotgan belgilarni chizib 
    qo’yish, alohida jadvallarni bo’yab ham qo’yish mumkin. Darsdan so’ng 
    mazkur chizmalarini o’chirib tanlash mumkin. 
    Kodoskopni turli xil yozuvlarni, chizmalarni, diagrammalarni namo-
    yish qilishda ham qo’llash mumkin. Bunda o’qituvchi chizgan narsalar 
    ekranda ko’rsatiladi. Murakkab chizmalarni namoyish qilishda ham 
    kodoskop katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari o’quvchilarni yozma 
    javoblarini ham kodoskop orqali ko’rsatish mumkin. 
    13.2.3 Televedeniyadan geografiya darslarida foydalanish. 
    Hozirgi davrda kundalik turmushni ham,o’qishni ham televideniyasiz 
    tassavur qilib bo’lmaydi. Ilgaritdan televedeniyada har bir fan bo’yicha 
    maxsus darslar o’tkazilar edi. Televediniyadagi eng qiziqarli ‚Kinosiyohat-
    chilar klubi‛, ‚Hayvonot olamida‛, ‚ Ochevidnoe-naveroyatnoe‛ va 
    boshqa eshitirishlar muntazam olib borilar edi. 
    XX asrning ikkinchi qismidan boshlab videomagnitofonlarni keng 
    tarqalishi maktablarda ham o’z aksini topdi. Alohida darslarga, hayvonot 
    olamiga, o’simliklarga, aholiga va uning turmush tarziga, turli davlatlar va 
    hududlar tabiatiga bag’ishlangan videokassetalar keng yoyildi. 
    SHu munosabat bilan televedeniyadan foydalanishni mazmuni va 
    shakllari o’zgaradi. Televedeniyadan foydalanishni ikki yo’nalishga bo’lish 


    mumkin: kundalik teleko’rsatuvlardan foydalanish; videokassetalardan 
    foydalanish. 
    Kundalik teleeshittirishlardan foydalanish uchun teledasturlardan 
    kerakli dars mavzusiga mos tushadigan eshittirishlar tanlab olinadi va ular 
    videokassetaga yozib olinadi. Mazkur videokssetaga yozib olingan 
    material kerakli mavzuni o’tishda namoyish qilinadi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografiya darslarida epidoskol va kodoskoplardan foydalanish

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish