Unda tasvirlangan tabiat manzaralari, o’simlik va hayvonot dunyosidan
dars jarayonida foydalanish mumkin.
Turli xil videofilmlardan ham mavzuga mos joylaridan foydalanish
mumkin.
Yuqorida aytilganidek kinofilmlardan darsning boshida, ya’ni o’tilgan
darslarni takrorlashda, yangi mavzuni o’tishda, olingan bilimlarni mustah-
kamlashda foydalanish mumkin.
Takrorlash darslarida mavzu bo’yicha kinofilm yoki uning bir qismi
namoyish qilinadi va o’quvchilardan unga izoh berish yoki uni tushuntirib
berish talab qilinadi.
Yangi mavzuni o’rganishda mavzuga oid kinofilm to’la ko’rsatiladi.
Bunda filmga o’qituvchi izoh beradi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlashda ham kinofilmlardan foydalanish
mumkin. Bunda kinofilm namoyish qilinadi va uning mazmuni o’quvchi-
lardan so’raladi.
Ayrim xollarda kinofilmlar darsni kirish qismi sifatida ko’rsatiladi.
Filmni dars jarayonidagi o’rni
darsning maqsadi, mazmuni va o’ziga
xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. O’quv filmlaridan bilim olish manbai
sifatida ham foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish
bo’yicha o’quv qo’llanma sifatida ham foydalansa bo’ladi. Masalan, beril-
gan savollarga javob topish, namoyish qilinayotgan
materiallarni mavjud
material bilan, darslik bilan, o’qituvchini ma’ruzasi, qator boshqa filmlarni
mazmuni bilan solishtirish. Filmlar o’quvchilar bilimini tekshirishda va
o’rganilgan mavzu mazmunini o’zlashtirish darajasini aniqlashda, o’tilgan
materiallarni umumlashtirishda yoki ma’lum mavzuni umumiy tavsifini
o’tishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari filmlar yordamida sinf
sharoitida sayohatlar ham uyushtirish mumkin yoki bo’lmasa o’quvchilar
bevosita ko’rolmaydigan jarayonlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, ‚Qora
metallurgiya‛, ‚Sintetik tolalar‛, ‚Tropik o’rmonlar‛, ‚Cho’llar‛,
‚Dashtlar‛.
Dars jarayonida filmlar bilan ishlash metodikasi quyidagi qismlardan
iborat: a) o’quvchilarni ma’lum bir mavzu bo’yicha kinofilmni ko’rishga
tayyorlash; b) o’quvchilarni filmni ko’rish jarayonidagi ishlarini tashkil
qilish; v) ko’rilgan
film mazmunini mustahkamlash; g) kinolashtirilgan
darsni samaradorligini tekshirish.
O’quvchilarni dars oldidan aniq filmni ko’rishga tayyorlash film
mazmunini faol tushunishga va uni to’la o’zlashtirishga imkon beradi.
Filmni o’quvchilar o’qituvchi kuzatuvida ko’rishadi. Agar filmni ko’rish
jarayonida nazorat bo’lmasa o’quvchilar filmga diqqat berishmaydi va
boshqa narsa bilan shug’ullana boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib
o’tirishadi. Natijada film mazmuni yuzaki o’zlashtiriladi.
Agar film qiziqarli bo’lsa o’quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha
qilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham
nazorat qilinsa filmni maz-
munini tahlil qila olishmaydi. Shuning uchun film boshlanishidan oldin
o’qituvchi filmni maqsadini, unda nimalar tasvirlanganini, qanday savol-
larga o’quvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi.
Bundan
tashqari o’qituvchi kirish suhbatida filmni qaerlariga e’tibor berishni,
qaerlarini alohida ajratib tahlil qilinishini tushuntradi. Masalan, O’zbekis-
ton tabiiy geografiyasi kursida ‚Qizilqum‛ mavzusini o’tishda quyida-
gilarga e’tibor berish lozim:
- asosiy relef shakllariga;
- o’simlik bilan qoplanish darajasiga;
- hayvonot dunyosiga.
Filmni ko’rish jarayonida o’quvchilar qo’yidagi savollarga javob
berishlari lozim: ‚Barxan nima‛, ‚Qum tepaliklari‛ nima; cho’lda asosiy
transport vazifasini bajaruvchi hayvonni aniqlang.
Geografiya ta’limida o’quv kinofilmlaridan
foydalanishni yana bir
asosiy shartlaridan biri o’qituvchini film namoyishida faol ishtirok
etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli film bo’lgan taqdirda ham o’qituvchi
darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Film namoyishi jarayonida o’qituvchi
ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish lozim. Kerakli joylarda
film namoishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Ayrim
nazariy qonun qoidalarni kengroq tushuntirib berishi, so’ngra film
namoyishini davom ettirishi mumkin.
Filmni ko’rish davomida o’qituvchini izohlari o’quvchilarga
xalaqit
bermasligi lozim. Shuning uchun faqat kerakli joylaridagina izox berish
lozim. Agar kinofilmda metodik xatolar bo’lsa o’qituvchi uni to’g’rilab
ketishi lozim. Ma’lum bir voqea xodisalarni mohiyatini o’quvchilar yax-
shirioq tushunib olishlari uchun filmni namoyishini biroz to’xtatib turish
mumkin.