• Birinchi bosqich
  • Ikkinchi bosqich.
  • O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    12.2. O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy 
    xo’jalik ishlari. 
    Geografiya xonasi o’quvchilarni bilim olish faoliyatini samarali tashkil 
    qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun geografiya xonasini tashkil 
    qilishga katta ahamiyat berilmog’i lozim. O’qituvchilarni geografiya 
    xonasida qiladigan ishlari quyidagi bosqichlardan iborat: 
    Birinchi bosqich
    . O’qituvchi geografiya xonasini qabul qilib oladi. 
    Xonani qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga 
    oshiradi. 
    Kabinetdagi mavjud bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxatini tuzadi. O’quv 
    jihozlariga: mebellar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash 
    moslamalari kiradi. Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan o’quv 
    jihozlarini ro’yxati tuziladi. Shu bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim 
    bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxati ham tuziladi. O’quv xonasida mavjud 
    o’quv jihozlari optimal xona jihozlari bilan solishtiriladi va xonaning 
    jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. 
    Ikkinchi bosqich.
    Mazkur bosqichda barcha o’quv jihozlari ularga 
    ajratilgan joylarga o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchining ish joyi tashkil 
    qilinadi. O’quv vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni 
    texnik vositalari va geografik kartalardan foydalanish uchun moslamalar 
    bilan jihozlanadi. So’ngra quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
    - geografiya xonasini qayta jihozlash, namoyish stendlari uchun 
    materiallar to’plash, o’lkashunoslik materialini yig’ish bo’yicha ishlar rejasi 
    tuziladi; 
    - o’lkashunoslik burchagini va muzeyini jihozlash rejasi tuziladi. Unda 
    o’lka tabiiy va iqtisodiy sharoiti tarkibiy qismlari namunalari, modellari va 
    maketlari joylashtiriladi. Masalan, tog’ jinslari namunalari, qishloq yoki 
    shahar modeli, qishloq xo’jalik yoki sanoat maxsulotlari namunalari; 
    - geografik maydonchani jihozlash rejasi tuziladi; 


    - geografiya xonalaridagi barcha jihozlar, asbob-uskunalar ro’yxati 
    tuziladi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish