hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy geografik kartalardan
foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va
h.k;
- internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli soxalari
bo’yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim
haqida, mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo’jaligi va geosiyosiy sharoit
haqida va h.k;
- geografiya ta’limida videofilmlar juda katta ahamiyaitga ega. Video
filmlardan quyidagi soxalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich
tabiiy geografiya kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
kursida; v) O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda;
g) O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o’rganishda; d) jaxon
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o’rganishda; ye) fakultativ
mashg’ulotlarda; j) geografik to’garaklarda va h.k.;
- masofaviy o’qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda.
Masofaviy o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish
mumkin.
Axborot texnologiyalardan foydalanish geografiya ta’limida katta
imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limini axborotlashtirishni to’xtovsiz
takomillshtirib bormoq zarur.