Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur.
Geografiya darslarida 
bilim, malaka, tarbiyaviy g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushun-
chalar ochib beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsa-
tilgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Geo-
grafik ilmiy bilimlar asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy 
bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam 
beradigan, amaliy faoliyat va hayot bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va 
malakalar kiradi. Asosiy bilimlarga dalillar, umumiy tushunchalar va 
tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar dunyoqarash 
g’oyalari, faoliyat turlari haqidagi bilimlar kiradi. Mazkur bilimlar har bir 
geografiya predmeti bo’yicha asosiy yakuniy bilimlar bo’lib hisoblanadi. 
Asosiy bilimlarni chuqurroq va to’laroq o’zlashtirish uchun geografiya 
ta’limida ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasav-
vurlarni shakllantirish, tushunchalarni belgilanishini aniqlashtirishda 
ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular 
asosan tasavvurlarni shakllantirish, tushunchalarni aniqlashtirishda ko’p-


roq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga tabiiy geografiyada tadqiqot 
materiallarini o’rganish ya’ni yer po’stini, okeanni, atmosferani o’rganish 
usullari haqidagi ma’lumotlar, materiklarni o’rganish va ulardagi aho-
lining xo’jalik faoliyati haqida bilimlar, ular dasturda albbata o’zlashti-
rilishi zarur bo’lgan bilimlar qatoriga kiritilgan. 
Yuqoridagi bilimlardan tashqari dastur va darsliklarda uchramay-
digan qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, 
gerbi (tamg’asi), aholini turmush sharoiti, odatlari haqidagi bilimlar 
o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha 
material darsda qo’shimcha vaqt bo’lganida foydalaniladi. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish