• Dars uchun o’quv vositalarini tanlash
  • O’qitish metodini tanlash




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    O’qitish metodini tanlash.
    O’qitish metodlarini tanlash darsni 
    maqsadi va o’quv materiallari mazmuniga bog’liq. 
    O’qitish metodini tanlash o’rganiladigan mavzuni mazkur kursda 
    tutgan o’rniga bog’liq. Ma’lum bir kursni o’rgangan sari o’quvchilarni 
    bilimlari ortib boradi, shundan so’ng reproduktiv usulni qo’llash mumkin. 
    Bundan tashqari ijodiy usullarni ham qo’llash mumkin. Masalan, 
    O’zbekiston tabiiy geografiyasini ikkinchi regional qismini o’quvchilar 
    kartalar yordamida mustaqil o’rganishlari mumkin. Xuddi shunday 
    ishlarni o’quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy geografiyasini 
    alohida davlatga bag’ishlangan qismini o’rganishda ham amalga 
    oshirishlari mumkin. O’qitish metodlarini tanlashda o’quvchilarni yoshlari 
    ham hisobga olinmog’i lozim. Quyi sinf o’quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan 
    eshita olishmaydi, tez toliqishadi va zerikishadi. Shuning uchun quyi 
    sinflarda o’qituvchi o’qitish metodlarini tez-tez o’zgartirib turishi zarur. 


    Bunda o’yinlardan foydalanish katta samara beradi, chunki bunday 
    sharoitda o’quvchilar toliqmaydi va kerakli bilim va ko’nikmalarni tez 
    o’zlashtiradilar. 
    Dars uchun o’quv vositalarini tanlash
    ham muhim ishlardan 
    hisoblanadi. O’quv vositalarini tanlash o’qituvchi uchun uncha murakkab 
    bo’lmagan ish hisoblanadi, chunki dasturda har bir mavzu bo’yicha zarur 
    bo’lgan o’quv vositalarining turlari berilgan bo’ladi. O’qituvchini vazifasi 
    ulardan darsning qaysi qismida va qanday foydalanishni aniqlash 
    hisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha savollar va topshiriqlar ishlab 
    chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini 
    osonlashtiradi. O’quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni hisobga olish 
    zarur: 
    - o’quv vositalari darsni mazmuniga mos bo’lishi lozim; 
    - o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi zarur; 
    - o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi 
    lozim; 
    - o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon 
    yaratishi lozim; 
    -o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini 
    osonlashtirishi lozim. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish