qilinadi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilar
bilan suhbat o’tkazadi va suhbat davomida frontal so’rov
amalga oshi-
riladi. Filmni ko’rib bo’lgandan so’ng xomaki chizmalar, rasmlar chizish
mumkin, jadvallar to’ldirish mumkin, filmga annotatsiya tayyorlash
mumkin, filmga taqriz yozish mumkin yoki maxsus yozma ish tayyorlatish
mumkin.
O’quvchilar filmda ko’rgan narsalariga kitobdan asosnoma topishlari,
filmda namoyish etilgan geografik ob’ektlarni
kartalardan topishlari yoki
filmdagi geografik ob’ekt, voqea va xodisalarni yozuvsiz kartaga tushi-
rishlari, ular asosida grafiklar tuzilishlari mumkin.
Kinolashtirilgan darsni samaradorligini aniqlash.
Filmni ko’rish
natijasida olingan yangi bilimlar, ma’lumotlar darsni oxirida amalga
oshiriladi. Natijada filmni ayrim lavxalari
qayta namoyish qilinadi va
o’zlashtirilmagan bilimlar yana qaytadan namoyish etiladi va takrorlanadi.
Eng asosiysi o’qituvchi izoxi muxim o’rin tutadi. Filmni eng murakkab
joylarida o’qituvchi namoishini to’xtatib batafsil izox bermog’i lozim.
Shundagina darsni maqsadi amalga oshdi desa bo’ladi.
O’qituvchini kinofilmlardan foydalanib dars o’tishga tayyorgarligi.
Kinofilmlar darsga o’ziga xos xususiyatlarni beradi, o’quvchilarni bilish
faoliyatini jadallashtiradi, bilimlarni bevosita ko’rish orqali o’zlashtirishga
imkon beradi, filmda geografik voqea va hodisalarni sodir bo’lishini
kuzatishga imkon beradi. Ammo kino filmlar geografiya
darslarini asosiy
tarkibiy qismlarini ochib bera olmaydi. Masalan, bilimlarni tekshirish,
uyga vazifa, tushuntirish va mustahkamlash.
Geografiya o’qituvchisi kinofilmlardan foydalanib dars o’tishga
tayyorgarlik ko’rayotganda quyidagilarga e’tibor berishi lozim: Darsni
ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish,
darsni mazmunini
ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan ekranli va statistik ko’rgazmalar
fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos keladigan ko’rgazmali
vositalarni tanlash.
Tanlab olingan ekran materiallarini dars mazmuniga mosligi aniqla-
nadi. Dars rejasi ishlab chiqiladi va unda kirish so’zi ko’zda tutilmog’i
lozim. Bundan tashqari film namoishi jarayonida o’quvchilarga beriladigan
savollar va ularga beriladigan javoblar (filmni ko’rish jarayonida) oldindan
aniqlab olinishi lozim. Filmni namoyishi davomida qisqa-qisqa izoxlar
ko’zda tutilmog’i lozim. Filmni eng ma’qul joylarida namoyish to’xtatilib
o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish ko’zda tutilmog’i lozim.
Ma’lum bir paytlarda filmni to’xtatib izoh berish uchun darsga
tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi plyonkani to’xtatiladigan
joylarini
belgilab qo’yishi lozim, agar biror lavxani alohida ko’rsatish lozim bo’lsa
mazkur lavhani baholashi va oxirgi plyonkada siyoh yoki ip bilan belgilab
qo’yiladi.
O’quvchilar filmni ko’rish jarayonida diktorni so’zini qiyin qabul
qilishadi, shuning uchun pauzalarda o’qituvchi filmda namoyish etilgan
geografik voqea va hodisalarga izox berib o’tishi lozim. Agar diktorni
so’zlari yoki filmni muzikasi o’qituvchiga
yoqmasa u filmni ovozini
o’chirib o’zi tushuntirishi lozim. Filmni namoyish qilayotganda boshqa
o’quv vositalaridan albatta karta bo’lmog’i shart.
O’quvchi filmni ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur biladigan so’nggi
darslarda filmdan foydalanish masalasini hal qilish mumkin. Filmning
mazmuni zamonaviy talab darajasida bo’lmog’i lozim. Buni ayniqsa xalq
xo’jaligi tarmoqlarini namoyish qilishda e’tiborga olish lozim.
Darsda filmlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo’llash
turiga
bog’liq. Film darslarda muntazam va nomuntazam qo’llanishi mumkin.
Filmlar muntazam ko’rsatilganda o’quvchilarda uni ko’rish, tahlil qilish,
qabul qilish ko’nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomun-
tazam, ya’ni onda-soda dars paytida film namoyish qilinsa u samara
bermaydi, o’quvchilar unga ko’nikma olishmaydi.