-jadval  Evrosiyo relef shakllari




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

8-jadval 
Evrosiyo relef shakllari 
Geologik tuzilmalari Javoblar 
1.O’rta Sibir yassi tog’ligi 
2.Turon pasttekisligi
3.Tyanshan 
4.SHarqiy Yevropa tekisligi
5.Dekan yassi tog’ligi 
6.G’arbiy Sibr pasttekisligi
7.O’rta russiya balandligi 
8.Arabiston 
yarim 
oroli 
cho’llari va yassi tog’lari 
Platforma 
Plita 
Qalqon 
1,4,5,8 
2,6 

8.Didaktik testlar yoki ko’p savolli va javobli testlar. Bu turdagi 
testlarda avval javoblar ro’yxati beriladi, keyin savollar beriladi, imtixon 
topshiruvchidan tayyor javoblardan moslarini topish talab qilinadi. 
Misol. Javoblar. 
Ptolemey 
Beruniy 
Kolumb 
Magellan 
Eratosfen 
Savollar: 1.Amerika qit’asiga kim boshchiligidagi ekspeditsiya birinchi 
bo’lib borgan? 
2. «Geografika» degan kitobni kim yozgan? 
3.Kartalarni daraja to’ri bilan tuzishni kim birinchi bo’lib taklif qilgan? 
4.Globusni birinchi bo’lib kim yasagan? 
5.Dunyo bo’ylab kim birincha sayohat qilgan? 
Test savollari va javoblarini tuzishning eng muhim tomonlaridan biri 
uning vazifasini, maqsadlarini va kimlarga mo’ljallangan hamda nimalar 
asosida tuzishni aniqlab olishdir. 
Testlar vazifasiga ko’ra kundalik, oraliq va yakuniy testlarga hamda 
oliy o’quv yurtlariga qabul qilishda qo’llaniladigan umumiy yoki maxsus 
testlarga bo’linadi. Har bir yirik mavzu o’tib bo’lingandan so’ng 
o’tkaziladigan testlarning maqsadi, o’quvchilar va talabalarning mazkur 
mavzu bo’yicha bilimlarini qay darajada bilib olganliklarini aniqlashdir 
(kundalik nazorat). Har bir yirik bo’lim o’tib bo’lingandan keyin 


o’tkaziladigan testlar oraliq yoki chegaraviy nazoratni tashkil qiladi. 
Yakuniy test butun kurs o’tib bo’lingandan keyin sinov yoki imtihon 
tarzida o’tkaziladigan va o’quvchilar hamda talabalar egallagan bilim, 
malakalar ball bilan aniqlanadi. Oliy o’quv yurtlariga qabul qilishda 
ishlatiladigan testlar tegishli soxalar bo’yicha mutaxasislar tomonidan 
tuziladi. 
Testlarning maqsadi o’quvchilar va talabalarning olgan bilim va 
malakalarini, fikrlash qobiliyatini, qaysi fanga yoki soxaga moyilligini 
aniqlashdan iboratdir. Har bir sinfda, har bir kursda turli xil murak-
kablikdagi bilim va malakalar tekshiriladi. Boshlang’ich tabiiy geografiya 
kursida test savollari va javoblari asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 
o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishga mo’ljallanadi: topografik va 
kartografik bilim va malakalar, tasavvurlar (Erning qobiqlari, tuzilishi, 
o’lchamlari, tabiat uyg’unliklari va h.k.); o’z yashash joyining geografik 
xususiyatlari haqida bilimlar va dunyo aholisi haqidagi bilimlar. 
Materiklar va okeanlar geografiyasi kursi bo’yicha test savollari va 
javoblari ikki yo’nalishda tuzilishi mumkin: 
- umumiy tushunchalar bo’yicha testlar quyidagi bilimlarni tekshirish 
uchun tuzilishi kerak: tabiat tarkiblari haqida umumiy tushunchalar tizimi 
bo’yicha bilimlar; umumiy geografik qonunlar haqidagi bilimlar;
- yakka tushunchalar bo’yicha testlar har bir materik va okeanlar 
haqida quyidagi bilimlarni tekshirish uchun tuziladi; materik va okean-
larning geografik joylashishi; tabiat tarkibining asosiy xususiyatlari,yirik 
geografik borliqlar (ob’ektlar) ning joylashishi; tabiat uyg’unliklari 
(birliklari) ning joylashishi: har bir materikning aholisi va yirik davlatlari. 
Iqtisodiy geografiya kursi bo’yicha test savollari quyidagi bilim va 
malakalarni tekshirish uchun tuzilishi kerak: 
-umumiy iqtisodiy geografik tushunchalar haqida bilimlar; 
-tarmoqlar geografiyasi haqida bilimlar; 
-alohida davlatlar, iqtisodiy zonalar, hududlar, viloyatlar iqtisodiy 
geografiyasi haqida bilmlar; 
Test savollari va javoblarini qanday ma’lumotlar vositasida tuzish 
kerak, bu ham eng muhim masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Test 
tuzayotganda doimo bitta qoidani esdan chiqarmaslik kerak, u ham bo’lsa 
test savollari va javoblarini dastur doirasida bo’lishi qoidasidir. Agar test 
savollari va javoblari dastur doirasiga kirmasa, o’quvchilar yoki talabalar 
savollarga noto’g’ri javob berishi mumkin. Har bir kurs va uning qoidalari 


bo’yicha tuzilgan testlar xam shu kurs yoki qism doirasidagi bilimlar 
asosida tuzilishi kerak. Test savollari va javoblari quyidagi ma’lumotlar 
asosida tuziladi: 
- tegishli darslik matni asosida; 
-darslikdagi kartalar, rasmlar, chizmalar va jadvallar vositasida; 
-tegishli sinflar va kurslar uchun chiqarilgan atlaslar va kartalar 
asosida; 
-tegishli kurslar uchun chiqarilgan metodik qo’llanma, ko’rsatma va 
yo’riqnomalar asosida; 
-fakultativ mashg’ulotlar bo’yicha darslik va qo’llanmalar asosida 
Geografik ma’lumotlar test savollari va javoblari tuzish darajasiga qarab 
quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
-test savollari va javoblari oson tuziladigan ma’lumotlar ; 
-test savollari va javoblari qiyin tuziladigan ma’lumotlar; 
-test savollari va javoblari tuzib bo’lmaydigan yoki juda qiyin 
tuziladigan ma’lumotlar. Masalan, ayrim tushuncha va ta’riflar, jarayon-
ning tavsifi kabi masalalar. 
Testlar qamroviga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Kursning ayrim 
mavzulariga, bo’limlariga tuzilgan testlar masalaning mohiyatini chuqur 
ochib beradi, mavzular juda chuqur va aniq yoritiladi. Yakuniy testlar esa 
asosan umumiy qonuniyatlar va xususiyatlarni ochib berishga yo’nal-
tirilgan bo’lishi kerak. Testlar o’quvchilar bilmini tekshirishda va baho-
lashda har qanday sub’ektiv shart – sharoitlarga qaramasdan bahoning 
ob’ektiv bo’lishini ta’minlaydi. 
Ko’p javobli testlar tuzilayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish 
lozim: 
-javoblar eng kamida 3 ta bo’lishi kerak, javoblar qancha ko’p bo’lsa, 
tasodifiy baholar soni shuncha kam bo’ladi, odatda hozirgi paytda beshta 
javobli testlar keng tarqalgan; 
-noto’g’ri javoblar ham haqiqatga yaqinroq bo’lishi kerak; 
Testdagi har bir savol va unga berilgan javoblar o’quvchi va talabarni 
chuqur o’ylashga, tafakkur qilishga majbur qilish kerak. Talabalar bilimini 
va malakasini tekshirishda test usulini qo’llashni quyidagi afzalliklari bor: 
-test usulida o’tkazilgan imtihonda o’rganilgan hamma masalalarni 
talabalar qanday o’zlashtirganligini bira to’la aniqlash mumkin. Oddiy 
imtixonda buni iloji yo’q. 


-talabalar yoki ko’pchilik talabalar qaysi mavzularni to’liq o’zlash-
tirgan, qaysilarini kam o’zlashtirgan, qaysi masalalarni qisman o’zlash-
tirgan, qaysilarini kam o’zlashtirgan yoki butunlay bilib olmaganligini 
aniqlash mumkin: 
-barcha talabalar bilimini qisqa vaqt ichida tekshirib olish mumkin; 
-talabalar bilimini ob’ektiv baholash mumkin. 
Test usulini qo’llashning qiyinchiliklari va noqulayliklari quyidagilar-
dan iborat: 
-test savollari va javoblarini tuzish juda qiyin va katta ma’suliyatni 
talab qiladi; 
- talabalar bilan bevosita muloqotda bo’linmaydi; 
-talabaning ilmiy va og’zaki nutqini o’stirishga yordam bermaydi; 
-an’anaviy imtixon va sinovlarda talabalar bilmagan narsalarni bilib 
olishadi, ya’ni imtixon va sinov bilim berish usullaridan biri ekanligi test 
usulida bo’lmaydi; 
-talabalar 40-50 ta savolning qaysi biriga to’g’ri va qaysi biriga 
noto’g’ri javob berganliklarini ham bilmaydilar. 
SHuning uchun testga talabalar bilmini tekshirish usullaridan biri 
sifatida qarash lozim. Lekin oliy o’quv yurtlariga qabul imtixonini test 
usulida o’tkazish eng maqul usul. Chunki bunda sub’ektivlikka o’rin 
qolmaydi. Test usuli EXM yordamida amalga oshirilishi kerak. Javoblarga 
qo’yiladagan ballarni ham mashina hisoblashi kerak.
Endi test savollari va unga kalit tayyorlash haqida. Joriy testda 
muayyan mazmuni o’quvchilar yoki talabalar qanday o’zlashtirganini 
nazorat qilinadi, shuning uchun savollar maydaroq va chuqurroq bo’ladi. 
Oraliq testda savollar kengroq bo’ladi. Yakuniy testlar butun o’quv kursi 
materialini o’z ichiga oladi.

Download 2,49 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish