• 10-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQISH VA QO’LLASH 10.1. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni
  • 10.1.1. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash.
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1.Boshlang’ich tabiy geografiya darslarida qaysi mavzularni o’tishda 
    matematik usullardan foydalanish mumkin? 
    2.Matematik usullarda iqlimni qanday ko’rsatgichlarini ifodalash mumkin? 
    3. Matematik usulda ifodalash mumkin bo’lgan iqlim ko’rsatgichlari jadvalini 
    tuzing. 
    4. VI va VII sinflarda matematik va statistik usullarni qo’llab o’tiladigan 
    mavzular jadvalini tuzing. 
    5. Iqtisodiy geografiya darslarida qanday jadvallar, diagrammalar va 
    chizmalardan foydalanish mumkin? 
    10-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA YANGI PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQISH VA QO’LLASH
     
    10.1. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni 
    qo’llashni ilmiy-metodik asoslari. 
    Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash 
    muammosining hozirgi xolati, 4.3. bo’limda yoritilgan. 
    Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning 
    asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
    -geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash va ularni sinflashtirish; 
    -ta’lim maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash; 
    -ta’lim maqsadlariga erishish usullari va metodlarni aniqlash: 
    -ta’lim maqsadlariga erishishni baholash. 


    10.1.1. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash. 
    Pedogogik texnologiyalarni tushunishni muhim jihatlaridan biri 
    quyidagilardir: 
    a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi; 
    b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi. 
    Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini 
    oladi. Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos 
    bo’lib xizmat qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining 
    maqsadi ishlab chiqiladi. So’ngra mazkur fanning har bir o’quv predmeti 
    uchun, ma’lum bir predmetlarning bo’limlari, mavzulari va alohida darslar 
    uchun maqsadlar ishlab chiqiladi. 
    O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyor-
    lash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 
    hamda Vazirlar mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy 
    o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-sonli 
    qarorida ifodalangan. 
    Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar 
    tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilishi, yangi darslikni, 
    zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab 
    chiqish va joriy joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish 
    zarurligi ko’rsatib o’tilgan. 
    Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartiga 
    sharhlarda aniqlab berilgan. Ya’ni geografik madaniyatni shakillantirish, 
    kartalardan moxirona foydalanishni o’rgatish, tabiat bilan jamiyat 
    munosabatlariga kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k. 
    Geografiya fani bo’yicha ta’lim standarti ikki qismdan iborat: a) ta’lim 
    mazmuning majburiy minimumi; b) bitiruvchilarning tayyorgarlik 
    darajasiga qo’yiladigan minimal talablar. «Ta’lim mazmunining majburiy 
    minimumi» qo’yidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilgan: a) geografiyaning 
    nazariy asoslari; b) geografiyaning tadqiqot metodlari;
    v)tabiiy va sotsial-iqtisodiy ob’ektlar; g) hodisalar va jarayonlar; d) 
    olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatda ifodalanishi; 
    ye)hudud geografik tavsifining tuzilishi. «Bitiruvchilarning tayyorgarlik 
    darajasiga qo’yiladigan minimal talablar» 5 ta yo’nalishlarda ishlab 
    chiqilgan: a) ayta (ko’rsata) olish; b) aniqlay (o’lchay) olish; v) tasvirlay 
    olish; g)tushuntira olish; d) bashorat qila olish (P.Musaev, A.Baxromov, 
    1999). 


    Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi uchun alohida 
    ishlab chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki 
    o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatida o’qituvchilarni 
    maqsadi o’qitish o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov 
    2002). 
    B.A.Farberman, S.Ziyamuhammedov va boshqalarning fikricha 
    o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun 
    undan aniq ta’lim maqsadlarini ajratib olish mushkul. Shuning uchun 
    vazifalarni shakillanishini osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar 
    ishlatiladi. Fa’ellar o’quvchilarni o’quv faoliyatini aks ettiradi, masalan 
    aniq faktlarni biladi; qoidalarni biladi; so’z ifodalagan ma’lumotlarni 
    matematik jixatdan ifodalay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib 
    beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi; chizma va 
    sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni 
    aniqlay oladi va h.k. 
    O’xshash o’quv maqsadlari va vazifalari uchun aniq fa’ellardan 
    foydalanmoq lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va 
    o’lchanadigan, o’quvchilar o’qishi natijasida bajaradigan operatsiyalardan 
    iborat bo’lishi lozim. 
    Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy 
    usuli- bu aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan 
    foydalanishdir. 
    O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan 
    iborat: o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi-xususiy maqsadi-
    o’xshash ta’lim maqsadi. 
    Ammo ba’zi hollarda o’xshash ta’lim maqsadlarini shakllantirishda 
    qiyinchiliklar tug’iladi. Ayrim hollarda ta’lim natijalarini ayrim qismlarga 
    bo’lish oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab chiqilgan 
    taksonomiyadan foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi asosida 
    umumiyroq maqsadlarni shakillantirish mumkin. So’ngra esa ularni 
    aniqlashtirish mumkin. 
    Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab 
    chiqiladi. Mazkur taksonomiya asosi bo’lib, B.Blum tomonidan ishlab 
    chiqilgan umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi (1-jadval). 
    Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasini ishlab chiqishda 
    geografiya faning umumiy maqsad va vazifalari, geografiya ta’limi 
    mazmunining majburiy minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik 
    darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi. 



    Download 2,49 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish