• 9.2.2.Yakka holdagi raqamlar bilan ishlash.
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    qiyoslashdir
    . Agar 
    dars jarayonida iqlimiy diagrammalarni tushuntirish davomida o’qituvchi 
    turli xil iqlimlar va iqlimiy xodisalar haqida qiyosiy hikoya qilib berishi 
    mumkin. 
    7-sinf darsligida iqlimni o’rganish jarayonida umumlashgan statistik 
    ma’lumotlardan foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi. Masalan, namlik 
    koeffitsenti, yalpi quyosh radiatsiyasi, yutilgan quyosh radiatsiyasi, 
    bug’lanuvchanlik. Mazkur tushunchalarni o’rganish o’qituvchidan o’quv-
    chilar bilan muntazam ishlashni talab qiladi. 
    Har bir yangi ko’rsatkichlarni o’qituvchi alohida-alohida o’quvchi-
    larga mohiyati va ma’nosini tushuntirishi, uni qanday aniqlashini va 
    aniqlash tartiblarini ko’rsatishi lozim. 
    Alohida iqlim turlarini o’zlashtirib bo’lganidan so’ng, iqlimni 
    umumlashgan ko’rsatkgichlarini aniqlash boshlanadi: ular quyidagi 
    tartibda aniqlanadi: 
    -Quyosh radiatsiyasi, Quyosh balandligi va bulutlik turli sharoitlarida 
    aniqlanadi; 
    -o’rtacha yillik, eng yuqori va eng past harorat, haroratni yillik 
    o’zgarishi aniqlanadi; 
    -havoni namligi va bug’lanish aniqlanadi; 
    -o’rtacha yillik yog’in miqdori, eng ko’p va kam yog’in miqdori, 
    yog’inni yil davomida taqsimlanishi aniqlanadi; 
    -havo bosimi va uni mavsumiy o’zgarishi, shamollar va ularning 
    asosiy yo’nalishlari hamda kuchi. 
    9.2.2.Yakka holdagi raqamlar bilan ishlash. 
    Yakka holdagi raqamlarga mutlaq ko’rsatkichlarda ifodalangan sonlar 
    kiradi. Ular ko’pincha og’irlik, balandlik, chuqurlik, masofa, energiya va 
    boshqa o’lchovlarda borilishi mumkin. 
    Yakka holdagi raqamlarni ayrimlarini esda saqlab qolish talab etiladi. 
    Ayrimlari haqida esa fikrlash talab etiladi. O’quvchilar eslab qoladigan 
    raqamlar ko’p bo’lmasligi mumkin. Ularni ikkita yirik guruhga bo’lishimiz 
    mumkin: tabiiy geografik; iqtisodiy geografik. 
    Tabiiy geografikrak raqamlarga quyidagilar kirishi mumkin: 
    -er yuzasi haqidagi umumiy ma’lumotlar (eng baland va past nuqtasi 
    maydoni, materiklar va okeanlar soni), eng katta va kichik okeanlar, 
    dengiz, materik, qit’a daryo, ko’l, cho’l, tog’ va x.k.; 


    -materiklar haqida umumiy ma’lumotlar (maydoni, eng baland va past 
    nuqtasi, yog’in miqdori, harorat, iqlim mintaqalari soni va x.k.); 
    -okeanlar haqidagi umumiy ma’lumotlar (maydoni, cho’kmalari, 
    sho’rligi, harorati va x.k); 
    -iqlim ko’rsatgichlari; 
    -gidrologik ko’rsatgichlar va x.k. 
    Iqtisodiy va ijtimoiy geografik raqamlarga quyidagilar kiradi: 
    -jahonning umumiy ta’rifi (davlatlar soni, aholi soni, tabiiy resurslar 
    miqdori, jon boshiga to’g’ri keladigan daromad va x.k.); 
    -axoli xaqidagi ma’lumotlar (jaxon axolisi va uning tarkibi, shahar va 
    qishloq axolisi, erkaklar va ayollar soni, migratsiya saldosi, tug’ilish, o’lish, 
    ko’payish); 
    -tabiiy resurslar va ularning miqdori; 
    -sanoat va qishloq xo’jaligi ko’rsatkichlari; 
    -transport va tashqi iqtisodiy aloqalar, eksport va import ko’rsat-
    gichlari; 
    -davlatlar haqidagi ma’lumotlar (maydoni, aholisi, xo’jaligi) 
    O’quvchilarni raqamlarni yaxshi eslab qolishlari uchunularni butun 
    son holda berish yaxshi natija beradi. Masalan, Xitoyning maydoni 10 mln 
    km
    2
    , axolisi 1 milyardan ortiq. 
    Dars jarayonida o’quvchilarga berilayotgan raqamlarga ta’rif berishi 
    lozim. Bunday ta’rif berishning usullaridan biri miqdoriy tasavvurlarni 
    aniqlashtirishdir. Maktab geografiyasida eng keng tarqalgan aniqlashtirish 
    usuli masofani vaqtga o’tkazish, uni ifodalash hisoblanadi. Masalan, 100 
    km masofani turli transport turlari qancha vaqtda bosib o’tishi mumkin. 
    Iqtisodiy geografiya darslarida xo’jalik tarmoqlarini davlat iqtisodi-
    dagi axamiyatini tushuntirishda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ishlab 
    chiqarish hajmi hisobga olinadi. 
    Raqamlar bilan ishlashning eng muxim usullaridan biri qiyoslash 
    hisoblanadi. Qiyoslashda o’quvchilar raqamlarni tez eslab qolishadi. 
    Masalan, Tinch okeani maydoni Atlantika okeani maydonidan ikki marta 
    katta. Qiyoslash bilan faqat o’qituvchi emas, o’quvchilar ham shug’ul-
    lanishi mumkin. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga vazifa berishi mumkin, 
    O’zbekistonni maydoni dunyodagi qaysi davlatlar maydoni bilan bir xil va 
    x.k. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish