• 9-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA MATEMATIK VA STATISTIK METODLARDAN FOYDALANISH
  • 9.1.Geografiya ta’limida matematik metodlardan foydalanish texnologiyasi.
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1.Geografiya fanidagi muammolar jadvalini tuzing. 
    2.Tabiy geografik muammolar qanday qismlardan iborat? 
    3.Geografiya ta’limida qanday geoekologik muammolarga ko’proq e’tibor 
    beriladi? 
    4.Muammoli bayon metodi qanday hollarda qo’llaniladi? 
    5.Muammoli bayon metodini qo’llaganda nimalarga etibor berish lozim? 
    6.Repraduktiv metod nima? 


    7.Repraduktiv metodni qo’llashning asosiy vazifalarini so’zlab bering. 
    8.Qisman izlanuvchan metodni qo’llaganda o’quvchilar faoliyati nimalardan 
    iborat bo’ladi? 
    9.Izlanuvchan metod deb nimaga aytiladi? 
    10.Izlanuvchan metodni qisman izlanuvchan metoddan farqi nimada? 
    11.Izlanuvchan metodni qo’llaganda o’qituvchini faoliyati nimalardan iborat 
    bo’ladi? 
    12.Bilimlarni o’zlashtirish qanday darajaga bo’linadi? 
    13.O’quvchi tayyor ma’lumotni o’zlashtirib va aytib berishi qaysi darajaga 
    kiradi? 
    14.Muammoli o’qitish deb nimaga aytiladi? 
    15.Muammoli o’qitishning asosiy sharoiti bo’lib nima hisoblanadi? 
    16.Qanday xollarda muammoli vaziyat muammoga aylanadi va uni 
    o’quvchilar mustaqil ravishda hal qilishadi? 
    17.Qanday hollarda muammoli vaziyat muammoga aylanmaydi va uni 
    o’qituvchi muammoli bayon tarzida hikoya qilib beradi?. 
    9-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA MATEMATIK VA STATISTIK 
    METODLARDAN FOYDALANISH 
    Geografiya ta’limida matematik va statistik metodlardan foydalanish 
    o’quvchilarda mavjud qonuniyatlarni to’laroq tushuntirishga, geografik 
    voqea va xodisalar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash ko’nikmalarini 
    shakillantirishga imkon beradi. 
    9.1.Geografiya ta’limida matematik metodlardan foydalanish 
    texnologiyasi. 
    Geografiya darslarini deyarli barchasida matematik metodlardan 
    foydalanishga to’g’ri keladi, ammo mazkur metodga shu paytgacha 
    kamroq e’tibor berilgan. 
    Geografiya fanining ikkita katta tarmog’ining barcha qismlari bo’yicha 
    bilimlar berishda va tegishli ko’nikmalarni shakllantirishda matematik 
    metodlardan unumli foydalanish katta samara beradi. Shu munosabat 
    bilan matematik metodlardan foydalanish texnologiyasini tabiiy va 
    iqtisodiy geografiya kurslari uchun alohida-alohida ko’rib chiqamiz. 
    Chunki geografiya fanining ushbu ikki tarmog’i bir birini to’ldirishi bilan 
    birga o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. 



    Download 2,49 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish