Muammoli metodlar bayon, qisman izlanuvchan va izlanuvchan
metodlar hamda o’zlashtirish darajalari bilan tanishgandan so’ng
zamonaviy o’qitish tizimining tarkibiy qismlaridan bo’lgan muammoli
o’kitish metodiga o’tishi mumkin.
Muammoli o’qitishning asosiy shartlaridan
biri muammoli faziyatni
tashkil qilish hisoblanadi. Muammoli vaziyat deganda yechilmishi
o’quvchilar uchun qiyin tuyilgan va uni yechish uchun yangi izlanish va
yondashishlarni talab qiladigan muammoga aytiladi. Muammoli vaziyatni
vujudga kelishi o’quvchilar uchun qiyin tushuniladigan holat bilan bog’liq
bo’ladi. Agar mazkur vaziyatni tahlil i davomida o’quvchilar uning
moxiyatini tushunib yetishga va uni yechish yo’llarini
topsa muammoli
vaziyat muammoga aylanadi, agar vujudga kelgan muammoli vaziyatni
yechishga o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari yetishmasa unda
muammoli vaziyat yechilmaydi va muammoli dars emas muammoli bayon
shaklida o’qituvchini o’zi yechib beradi.
Hozirgi davrda o’quvchilarni mustaqil ishlariga katta e’tibor
berilmoqda ammo shunga qaramasdan muammoli o’qitishga
ancha sust
darajada e’tibor berilmoqda.
O’qitish jarayonida ijodiy metodlarni va muammoli o’qitishni qo’llash
geografiya o’qituvchilarining asosiy metodi bo’lib qolishi lozim.
Turli bosqichlardan iborat bo’lgan muammolarni yechishga o’quv-
chilarni jalb qilish katta ahamiyatga ega. Mazkur bosqichlar quyida-
gilardan iborat bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni yig’ish (kartalar,
adabiyotlar, statistik ma’lumotlar va o’lkashunoslik ishlarida yig’ilgan
ma’lumotlar asosida); yig’ilgan ma’lumotlarni tartibga solish (kartalar,
diagrammalar,
chizmalar, jadvallar tuzish); yig’ilgan ma’lumotlarni
tartibga solish (kartalar, diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); tahlil
qilish; umumlashtirish va xulosa ishlab chiqish.
Mazkur muammolarni tabiiy va iqtisodiy – ijtimoiy geografiya
kurslarida yechish mumkin.