qilinmog’i lozim. Mazkur metodni qo’llaganda o’qituvchining faoliyati
quyidagilardan iborat bo’ladi;
-o’qituvchi vazifani ishlab chiqadi va uni o’quvchilarga e’lon qiladi;
-so’ngra o’qituvchi vazifani alohida qismlarga bo’lib yuboradi yoki
alohida savollar tuziladi;
O’quvchilar mazkur vazifani yechish davomida kuyidagi faoliyatni
amalga oshiradi;
-vazifani to’la va har tomonlama tushunish;
-belgilangan tartibda ma’lum bir qismlarga bo’lingan vazifani
yechishadi. Bunda ular qisman izlanuvchanlikni amalga oshiradi.
Izlanuvchanlik ishlari o’kituvchi raxbarligida va uni nazoratida amalga
oshiriladi.
O’qituvchi materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida.
Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari mavzusini o’rganishda o’quvchilar
ga quyidagi savollar berish mumkin: «Qadimgi muzliklar Shimoliy
Amerika tuproqlariga qanday ta’sir qilganini tushuntirib bering».
O’quvchilar mazkur savollarga birdaniga javob bera olishmaydi, shuning
uchun o’qituvchi uni ayrim qismlarga quyidagicha bo’lib chiqadi:
-muzlar Shimoliy Amerika materigida qanday ishlarni amalga
oshirgan?;
-SHimoliy Amerikaning qaysi qismida tuproqlar yosh, shimoldami
yoki janubdami?;
-qanday tuproqning qalinligi katta bo’ladi, qadimgilarnimi yoki
yoshrog’ni?;
-nima sababdan Kanada to’plam Orolidagi tuproqlar yupqa va toshli?
Mazkur savollarga o’quvchilar javob berib bo’lishgandan so’ng
o’qituvchi dastlab bergan savolini qaytaradi «Qadimgi muzliklar Shimoliy
Amerika tuproqlariga qanday ta’sir etgan», o’quvchilar endi mazkur
savolga to’liq javob berishadi. Mazkur metodni qo’llaganda evristik
suxbatdan foydalanish katta samara beradi.