Geografik
nomenklaturani
o’rganishda
fazoviy
tasavvurlarni
shakillantirish muxim o’rin tutadi. Geografik nomenklaturani o’rganishni
ikkita muxim guruhga ajratishimiz mumkin: tabiiy geografik, iqtisodiy-
ijtimoiy geografik. Tabiiy geografik nomenklaturaga tog’lar, tekisliklar,
daryolar, ko’llar, okeanlar, dengizlar, qo’ltiqlar, bo’g’izlar, okean osti tog’
tizmalari, cho’kmalar, vulkanlar, botqoqlar, tabiat zonalari, iqlim
mintaqalari, muzliklar, materiklar, qit’alar, o’lkalar nomlari kiradi.
Iqtisodiy geografik nomenklaturaga davlatlar, shaharlar, portlar, harbiy
bloklar, sanoat rayonlari, foydali qazilma konlari, ko’mir, neft, gaz
havzalari nomlari kiradi.
6.Kartografik tasavvurlarni shakillantirishda geografik yozma
(diktant) ishlar muxim o’rin tutadi. Bunda o’qituchi bergan ma’lumotlar
asosida geografik yozma ishlar tuzish kartalar yordamida turli xil
chizmalar yoki karta- chizmalar chizish katta axamiyatga ega. Dars
davomida o’qituvchi so’zlagan geografik voqea va xodisalarni (tog’lar,
daryolar, shaharlar) chiziqli kartaga tushirib borish va x. k.