Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
7.5. Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi. 
Geografik bilimlarni egallashda chiziqli kartalar bilan ishlash muxim 
o’rin tutadi. Ular geografiya ta’limining barcha shakllarida qo’llanilishi 
mumkin. Chiziqli kartalar bilan ishlash geografik nomlarni o’quvchilar 
tomonidan yaxshi eslab qolishga imkon beradi.


Chiziqli kartalar bilan ishlash samarali bo’lishi uchun u quyidagi 
talablarga javob berishi lozim: kartaning nomi yirik harflarda uning yuqori 
qismida yoziladi; o’kuvchining ismi, sharfi va sinfi kartaning quyi o’ng 
qismiga yoziladi(mayda xarflar bilan); geografik borliq nomlari bosh 
harflar bilan yoziladi; daryo, tog’ tizmalari, qo’ltiqlar va dengizlar nomi 
ularning yo’nalishi bo’yicha yoziladi; shaharlar, ko’llar nomlari kengliklar 
bo’yicha yoziladi; foydali qazilmalar, xalq xo’jaligi tarmoqlari umum qabul 
qilingan shartli belgilar yordamida belgilanadi: 
Sinf sharoitida chiziqli kartalar qalam bilan bo’yaladi, uy sharoitida 
esa tush yoki siyoh bilan bo’yaladi. Chiziqli kartalarni to’ldirish devoriy 
kartalar va atlasdagi kartalar bilan ishlash bilan uyg’unlikda olib boriladi. 
O’kituvchi dars o’tish jarayonida geografik borliqni devoriy kartada 
ko’rsatib ularni atlasdan topishni va chiziqli kartaga shartli belgilar bilan 
tushirishni tavsiya etadi. Kartada geografik borliqni tushirish uchun 
mo’ljal bo’lib daraja to’ri, daryolar, shaharlarning punsonlari, qirg’oq 
chizig’i, chegaralar hisoblanadi.
Chiziqli karta bilan bajariladigan har bir yangi ish o’qituvchi 
yordamida amalga oshirilishi zarur. O’quvchilar chiziqli kartaga geografik 
borliqni tushirishni yaxshi o’rganib olgandan so’ngina ularga mustaqil 
ishlashga ruxsat berish mumkin. 
Chiziqli kartaga tushiriladagan geografik nomlar soni chegaralangan 
bo’lmog’i lozim. Chiziqli karta bo’yicha o’quvchilarga murakkab bo’lgan 
vazifalarni bermagan maqul. Masalan, atlasdagi ma’lumotlarni chiziqli 
kartaga tushirish. Chiziqli kartalarga faqat dasturda uchraydigan geografik 
nomlarni tushirish lozim.
Chiziqli kartalar bilan ishlash ijodiy yo’nalishga ega bo’lmog’i va 
o’quvchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi lozim. Umum ta’lim 
maktaktablarida chiziqli kartalari bilan quyidagi vazifalarni bajarish 
mumkin: 
-chiziqli kartalarga geografik borliq, xodisa va jarayonlarni nomlarini 
tushirish. Mazkur geografik nomlar darslik matnida uchrashi mumkin
o’qituvchi dars jarayonida kartadan ko’rsatgan bo’lishi mumkin, boshqa 
kartalar bilan mustaqil ishlash aniqlangan bo’lishi mumkin; 
-geografik (tabiiy va iqtisodiy) borliq va xodisalarning shartli 
belgilarini chiziqli kartaga tushirish. Mazkur ish o’qituvchi yordamida 
bajariladi; 


-o’kituvchini darsni gapirib berishi davomida chiziqli kartalarni 
to’ldirish. Bunday ishlar asosan yuqori sinflarda bajariladi. Bunda 
o’quvchilar shartli belgilarni to’la o’zlashtirgan bo’lishlari shart; 
-tog’ tizmalarini, shamollarni, yuk tashish oqimlari, migratsiya 
yo’nalishlari, yo’llarni, oqimlarni yo’nalishlarini karta sxemalarini tuzish; 
-chiziqli kartaga iqlim elementlarini tushirish, yog’in miqdorini 
ranglar bilan shamol yo’nalishini strelka bilan tasvirlash; 
-chizikli kartaga tuproq turlarini tushirish. Ko’proq materiklar tabiiy 
geografiyasini o’rganishda qo’llaniladi; 
-chiziqli kartaga foydali qazilmalarni tushirish. Bunda o’quvchilar 
foydali qazilmalarni shartli belgilarini yaxshi bilishi zarur; 
-chiziqli kartaga aholini ko’rsatgichlarini tushirish (zichligi, milliy 
tarkibi, urbanizatsiya darajasi, til va kasb, jinsiy tarkibi va x.k.); 
-chiziqli kartada sanoat tarmoqlarini ko’rsatish (yoqilg’i-energitika, 
metallurgiya, mashinasozlik, transport, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, 
va x. k.); 

chiziqli 
kartada 
qishloq 
xo’jaligi 
tarmoqlarini 
tasvirlash 
(dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va x.k.); 
- chiziqli kartada mamlakatlarni tasvirlash (rivojlangan, rivojla-
nayotgan, mustamlaka). 
O’quvchilarni chiziqli karta bilan ishlashini o’qituvchi muntazam 
ravishda nazorat qilib borishi zarur. Bajaradigan vazifalar muntazam 
baholanib bormog’i lozim. 
Chiziqli kartalar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va siyosiy
geografik yo’nalishda bo’ladi o’quvchilar aynan mavzuga doir chiziqli 
kartadan foydalanmog’i lozim, aks holda ularni chiziqli kartalar bilan 
ishlashi qiyinlashadi va ular berilgan vazifani bajara olishmaydi. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish