• Chiziqli kartalar.
  • Darsliklar ichiga qo’yladigan kartalar




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Darsliklar ichiga qo’yladigan kartalar.
    Geografiya predmetlarining 
    oxirida alohida karta ilova qilinar edi. Hozirgi vaqtda darsliklarni matnida 
    kartalar berilmoqda. Bunday kartalar tabiiy geografik va iqtisodiy 
    geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydi. Ular oq-qora va rangli bo’lishi 
    mumkin. Tabiiy geografik kartalar ko’pincha rangli holda beriladi. Ayrim 
    iqtisodiy geografik kartalar ko’pincha rangli holda beriladi. Ayrim 
    iqtisordiy geografik voqea va xodisalarni ko’rsatishda oq-qora rangdan 


    foydalaniladi. Masalan, foydali qazilmalar, taransport, ayrim ekinlar, 
    chorvachilik kartalari hamda siyosiy kartalar rangli tasvirda beriladi. Ko’p 
    hollarda materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf), Jaxon iqtisodiy 
    va ijtimoiy geografiyasi (9-sinf) kurslarini darsliklari matnlarida kartalar 
    ko’proq beriladi. 
    Atlaslar ma’lum bir mavzuda va yo’nalishlarda tuzilgan kartalar 
    jamlamasidir. Atlaslar tuzilishi va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga 
    bo’linadi: egallagan maydoniga ko’ra; yulduzlar atlasi; dunyo tabiy 
    geografik atlasi; dunyo iqtisodiy geografik atlasi; alohida materik va 
    okeanlar atlasi; alohida davlatlar atlasi; va x.k.; mazmuniga ko’ra: tabiiy 
    geografik; iqtisodiy; temir yo’l; o’quv atlaslari va x. k. 
    Har bir sinf uchun o’quv atlaslari mavjud. masalan, 5-sinf atlasi, 6-sinf 
    atlasi, 7-sinf atlasi, 8-sinf atlasi, 9-sinf atlasi. 
    O’kuv atlaslari quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
    -atlasda ko’rsatilgan geografik borliq va voqealar soni darslikdagidan 
    ko’proq bo’lmog’i lozim; 
    -atlas o’quvchilar uchun ma’lumotnoma vazifasini bajarishi lozim; 
    -atlasda geografik nomlar ro’yxati albatta bo’lishi zarur;
    Atlasda kartalar soni 40-45 tadan kam bo’lmasligi lozim. 
    Chiziqli kartalar.
    Ular geografiya ta’limida keng qo’llaniladi. Ular 
    asosan o’quv va nazorat maqsadlarida ishlatiladi.
    Chiziqli kartalar o’quv maqsadlarida quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
    - chiziqli kartaga tabiiy geografik borliq nomlarini tushirish
    (daryo, ko’l, dengiz va x.k.), bu esa geografik nomlarni o’quvchilar 
    tomonidan yaxshi eslab qolinishiga imkon beradi; 
    - tog’lar, daryo havzalari, izotermalar, tabiat zonalari chegaralarni 
    chiziqli kartaga tushirish; 
    - davlatlarni chegaralarini chiziqli kartaga tushirish; 
    -iqtisodiy rayonlarni chiziqli kartaga tushirish; 
    -qishloq xo’jaligi ekinlari chegaralarini chiziqli kartaga tushirish. 
    Chiziqli kartalar nazorat maqsadida ham ishlatiladi. Buning uchun 
    quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
    -sinfdagi barcha o’quvchilarda bir xil chiziqli karta bo’lmog’i lozim; 
    -barcha o’quvchilar uchun bir xil shartli belgilar berilishi zarur; 
    -barcha o’quvchilar chiziqli kartalarida masshtab, legenda, 
    o’quvchining ismi sharfi bir xil joyda ko’rsatilgan bo’lmog’i lozim. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish