• 7-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KARTOGRAFIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
  • Aerofotosurat
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

     
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1.Kuzatish deganda nimani tushunasiz? 
    2.Tajriba deganda nimani tushunasiz? 
    3.Kuzatish qaerlarda olib boriladi? 
    4.Geografik kuzatishlar qanday guruhlarga bo’linadi? 
    5.Astronomik kuzatishlar nimalardan iborat? 
    6.Meteorologik kuzatishlar qanday qismlardan iborat? 
    7.Ob-havoni kuzatish qanday qismlardan iborat? 
    8.Fenologiya deganda nimani tushunasiz? 
    9.Fenologiya fani qanday qismlarga bo’linadi? 
    10.Ekologik fenologiya nimani o’rganadi? 
    11.Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari qanday bo’ladi? 
    12.Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllantirish qanday talablarga javob 
    berishi zarur? 
    13.Kuzatish davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibini so’zlab 
    bering. 
    14.Qanday voqea va xodisalarni tajribada ko’rish mumkin? 
    15.Geografiya o’kitish metodikasida qanday tajribalar o’tkaziladi? 
    16.Litosfera mavzusida qanday tajribalar o’tkaziladi 
    17.Gidrosfera mavzusini qaysi qismlarini tajriba usulida o’tish mumkin? 
    18. Atmosferani o’rganayotganda qaysi mavzularni tajriba metodi yordamida 
    o’rganish mumkin? 


    7-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KARTOGRAFIK 
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
    Kartalar geografiya ta’limida asosiy o’qitish vositalari bo’lib hisob-
    lanadi. Geografik kartalardan o’qitishning barcha shakillarida foydalanish 
    mumkin; dars berishda, amaliy ishlarda, mustaqil ishlarda, bilimlarni 
    baholashda va x.k. 
     
    7.1.Umumiy kartografik tushunchalar. Shartli belgilar va ularni 
    o’qish. 
    Geografik kartalarda turli – tuman voqea va hodisalar tasvirlangani 
    uchun, ular juda xilma-xil bo’ladi. Kartografiyada quyidagi tushunchalar 
    uchraydi: 
    Tarx (plan)- joyning yirik miqyosda (5000va undan kattaroq) tuzilgan 
    chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo’lmagan kichik-kichik 
    joylar tasvirlanadi. 
    Karta
    - Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli belgilar 
    bilan tekislikka tushurilgan tasviridir. Ularda tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy 
    voqea va xodisalar tasvirlanadi. 
    Aerofotosurat-
    tayyora va boshqa o’zi uchar asboblar yordamida 
    olingag Yer yuzasini yoki uning bir qismining tasviridir. Ular orqali 
    joyning tuzulishi, relefi, o’simlik qoplami, yo’llari, qishloqlar, jihozlar va 
    korxonalarning joylanishi aniqlanadi. 
    Kosmosurat-
    Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalari 
    yordamida olingan tasvirdir. Ular fanning va halq ho’jaligining turli 
    sohalarda keng qo’llaniladi. Har bir tarx, karta va kosmo va aerosurat 
    ma’lum bir miqyosda tuzuladi. 
    Miqyos
    - bu kartadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu 
    chiziqqa mos keladigan haqiqiy uzunlikka nisbatdir. U kartadagi tasvir 
    necha marta kichraytirilganini ko’rsatadi. Masalan, kartada daryoning 
    uzunligi 1sm , haqiqiy uzunligi 10 km, yoki 1 000000 sm. Demak haritaning 
    miqyosi 1: 1 000000 . Miqyoslar sonli, chiziqli va so’zli bo’ladi. Sonli miqyos 
    kasrdan iborat, uning surati 1- ga teng, maxraji esa kartada tasvir necha 
    marta kichraytirilganni ko’rsatadigan son bo’ladi. Masalan, 1: 1 000 yoki 
    1000
    1
    bu tasvirni ming marta kichraytirilganligini ko’rsatadi. Chiziqli 
    miqyos - bu teng bo’laklarga bo’lingan to’g’ri chiziqdir. Har bir bo’lak 


    qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo’yiladi. So’zli miqyos
    kartadagi 1sm masofa haqiqatda qanchaga tengligini ko’rsatadi. Masalan 
    1sm 10km ga teng. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish