• 5-jadval Tajriba natijalari
  •  Atmosfera mavzusini o’rganishda bajariladigan tajribalar




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

     
    6.2.3. Atmosfera mavzusini o’rganishda bajariladigan tajribalar. 
    Mazkur mavzuni o’rganishda tajriba metodi o’quvchilarni tegishli 
    bilimlarini egallashda va ko’nikmalarni xosil qilishda katta axamiyatga 
    ega. 
    Atmosfera mavzusini o’rganishda quyidagi tajribalarni o’tkazish 
    mumkin: 
    -quruqlik va suvlikni turlicha isishini; 
    -bulut va yomg’irlarni xosil bo’lishini; 
    -qirov va qorni hosil bo’lishini va x.k. 
    Quruqlik va suvlikning turlicha isishini ko’rsatadigan tajriba o’quv-
    chilarda quruqlik va musson iqlimi xaqida tushunchalarni shakillanti-
    rishda katta ahamiyatga ega. Mazkur tajribani «Ob-havo va iqlim» 


    mavzusini o’tishda ko’rsatish mumkin. Tajriba quyidagi tartibda olib 
    boriladi: 
    -ikkita bir xil quticha shaklidagi idish olinadi. Mazkur idishlarning 
    o’lchamlari quyidagicha bo’lishi lozim; uzunligi 15 sm, kengligi- 7,5 sm,
    balandligi-5 sm, ikkita bir xil termometr, lampa (qizdirish uchun): 
    -idishlarni biriga suv, ikkinchisiga tuproq solinadi, bir paytni o’zida
    ikkalasini ham harorati o’lchanadi; 
    -ikkala idishdagi suv va tuproq lampa yordamida qizdiriladi va 6-7 
    minutdan so’ng haroratlar yana qaytadan o’lchanadi; 
    Termometrdan olingan ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan sinf 
    taxtasiga yoziladi, o’quvchilar esa daftarlariga yozib olishadi.
    Ma’lumotlar quyidagi jadval shaklida ifoda qilinadi. 
    5-jadval 
    Tajriba natijalari 
    Yuza 
    Xarorat darajasi 
    Farqi 
    Dastlabki 
    Qizdirilgandan 
    so’ng 
    Sovutilgandan 
    so’ng 
    Suv 
    14 
    18 
    16 

    Tuproq 
    14 
    39 
    14 
    25 
    Suv va tuproq haroratidagi farqning kattalgi tuproq, yani Yer yuzasi 
    nisbatan tezroq isib tezroq sovishi o’quvchilarda ishonch xosil qiladi. Bu 
    esa quruklik va okaenda iqlimni turlichaligini asoslab beradi. 
    Bulut va yomg’irni xosil bo’lishini tajribada ko’rsatish uchun baladligi 
    25-30 sm keladigan shisha idish (tslindr) olinadi. Idishning devori 
    terlamasligi uchun u bir oz qizdiriladi. Idish ichiga suv solinadi va spirtli 
    lampada qizdiriladi. Idishning qopqog’ini tepasiga muz solib qo’yilsa, muz 
    ostida bulut (bug’) xosil bo’ladi, sungra undan yomg’ir (suv tomchilari) 
    ajralib chiqa boshlaydi. Demak o’quvchilar bulutlar va yog’inlar xosil 
    bo’lishini sinf sharoitida kuzatishi va ushbu jarayonni to’la kuzatishi 
    mumkin. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Atmosfera mavzusini o’rganishda bajariladigan tajribalar

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish