Geografik kartalarni o’kish texnologiyalari




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
7.4. Geografik kartalarni o’kish texnologiyalari. 
Geografik kartalar bilan ishlashning eng ma’suliyatli qismi bo’lib 
ularning o’qish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdir. 


Geografik kartalarni o’qish quyidagi bosqichlardan iborat: 
-kartalarning daraja to’ri, masshtabi va shartli belgilarini o’qish; 
-topografik kartalarni o’qish asosida diktantlar yozish; 
-relefning o’qish va uning tavsifini tuzish; 
-geoglogik va tektonik tuzilishni o’rganish va xulosa chiqarish; 
-foydali qazilmalarni o’rganish; 
-iqlimni o’rganish va uning tavsifini tuzish; 
- geografik sharoitni o’rganish; 
-tuproqni va o’simliklar qoplamini o’rganish; 
-hayvonot dunyosini o’rganish; 
-tabiat zonalarini o’rganish; 
-joyning umumiy tabiiy geografik tavsifini tuzish; 
- tabiiy resurslarini o’rganish; 
-aholi kartasini o’qish; 
-yoqilg’i energitika sanoatini o’rganish; 
-sanoat kartasini o’qish; 
-qishloq xo’jalik kartalarini o’qish; 
-transport kartalarini o’qish; 
-xalqaro iqtisodiy aloqalar kartasini o’qish; 
-kompleks iqtisodiy-geografik kartalarni o’qish. 
Geografik kartalarni o’qishning eng muhim shartlaridan biri uni 
masshtabi va shartli belgilarini o’qiy bilishidir. Masshtabga ko’ra yirik, 
o’rta va mayda masshtabli katralarga ajratiladi. Shartli belgilar topografik, 
tabiiy geografik va iqtisodiy geografik hamda siyosiy geografik belgilarga 
bo’linadi. Ular o’z navbatida masshtabli, masshtabsiz chiziqli, aralash 
ko’rsatgichli va boshqa turlarga bo’linadi. 
Kartalarni o’qitishning dastlabki bosqichi shartli belgilarni o’qitishdir. 
O’quvchilar topografik kartalarni o’rta masshtabli va mayda masshtabli 
kartalarni shartli belgilarini to’la o’rganib bo’lgandan so’ng, masshtab va 
daraja to’ridan foydalanib yuqoridagi vazifalarni bajarishlari mumkin. 
Ular joy rejasini tuzish jarayonida ham shartli belgilar bilan ishlash 
ko’nikmasiga ega bo’lishadi. 
O’quvchilar daraja to’ri, masshtab va shartli belgilarni to’la o’zlashtirib 
olgandan so’ng kartadan foydalanib ma’lum bir yo’nalishni tavsifini 
tuzishi mumkin, ya’ni topografik diktant yozishlari mumkin. 
Topografik diktant deganda qog’ozga o’qituvchini bergan ma’lumot-
lari asosida yo’nalish chizmasini tushirishdir. Mazkur ish quyidagicha 


bajariladi: o’quvchilar o’qituvchi topshirig’i asosida ikki xil ishni bajarishi 
mumkin: berilgan yo’nalishni karta asosida tavsifini tuzishadi; berilgan 
yo’nalishni chizmasini daftarga chizishadi. 
Ma’lum bir yo’nalishni tavsifini karta asosida tuzishda o’quvchilar 
kerakli yo’nalishlarni aniqlashadi, masshtabdan foydalanib nuqtalar 
orasidagi masofani o’lchashadi, shartli belgilar bilan ko’rsatilgan geografik 
borliqni (ko’prik, yo’l, shahar, zavod, yaylov, ekinzor, o’rmon va x.k.) 
nomlarini aniqlaydi va joyning tavsifini tuzadi.(relefi, tuprog’i, o’simligi, 
suvlari). Avval o’quvchilar topografik kartadan foydalanib o’qituvchining 
qisqa savollariga javob beradi, masalan o’rikzor qishloq markazining qaysi 
tomonida joylashgan, maktabga boriladigan yo’lda qanday o’simliklar 
uchraydi. Buning natijasida o’quvchilar yo’nalishni og’zaki tavsifini tuzish 
ko’nikmasiga ega bo’lishadi. 
Topografik diktant tuzganda o’quvchilar o’qituvchining xikoyasi 
orqali yo’nalish yo’lini chizmasini tuzishadi. Topografik diktant daftar 
varag’iga chiziladi. Varaqning yuqorisida sh-j belgisi, pastki qismiga 
masshtab yoziladi. O’qituvchi varaqda dastlabki nuqtani belgilab beradi. 
So’ngra yo’nalishni va geografik borliqni ko’rsatadi, ularni o’quvchi 
qog’ozga tushiradi. Topografik diktant yo’nalishni tavsifini tuzishdan 
murakkabroq. U o’quvchilardan diqqat va ijodiy fikrlashni talab qiladi, 
Ushbu vazifani bajarish davomida o’quvchilar olgan bilimlarini amalda 
qo’llash ko’nikmasiga ega bo’ladilar. 
Joy relefini o’rganish turli masshtabli kartalarda olib borilishi mumkin. 
Topografik kartalar yordamida relefni o’rganish gorizontlarni tahlili 
asosida olib boriladi. Gorizontallarni orasi keng va mutloq balandligi kam 
o’zgarsa tekislik, gorizontallar orasi tor va ular qalin va zich joylashgan 
bo’lsa tik yonbag’ir va x.k. Tabiiy geografik kartalarda relef ranglarni tahlil 
i asosida olib boriladi: zangori rang tekislik, jigarrang tog’lik. Relefning 
o’rganganda kartada berilgan nuqtalarni mutloq balanligi ham tahlil
qilinadi. 
Geologik va tektonik tuzulishni o’rganish VI va VII sinflarda 
bajariladi. VI –sinf atlasida litosfera plitalari, kartasida berilgan. Uning 
yordamida litosfera plitalari ularni yoshlari, harakat tezligi aniqlanadi. VII-
sinf atlasida O’rta Osiyo va O’zbekistonning geologik va tektonik kartalari 
berilgan. Uning yordamida har bir hududda tarqalgan tog’ jinslari 
komplekslari va ularni qaysi davrlarga mansubligi aniqlanadi. O’qituvchi 
yordamida o’quvchilar geologik kesmalar ham tuzishi mumkin. Mazkur 


kartalarni o’qish va tahlil qilish asosida tegishli xulosalar qilinadi. 
Masalan, mazkur joyda qaysi davrda vujudga kelgan qanday tog’ jinslari 
keng tarqalgan.
Joyning yoki ma’lum bir hududning foydali qazilmalari tegishli 
foydali qazilma turi kartasining o’qish asosida amalga oshiriladi. Bunda 
avval yoqilg’i-energitika foydali qazilmalari kartasidan neft-gaz ko’mir 
konlari aniqlanadi, metalli foydali qazilmalar kartasidan qora, rangli va 
nodir metallar konlari aniqlanadi. Nometall foydali qazilmalar kartasidan 
esa qurilish, ximiya sanoati xom ashyosi konlari aniqlanadi. So’ngra joyda 
yoki hududda qaysi foydali qazilma turi kengroq tarqalganligini 
o’quvchilar aniqlashadi. 
Iqlim xaritalarini o’qish orqali iqlimning asosiy xususiyatlari o’rga-
niladi. Bunda yozgi va qishki xarorat izotermalari, yozgi va qishki
shamollar yo’nalishi, yog’in miqdori, sovuqsiz kunlar soni va boshqa 
kartalar o’qiladi, tahlil qilinadi va tegishli xulosalar chiqariladi. O’quv-
chilarning xulosalari o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va baholanadi. 
O’quvchilar joyni yoki ma’lum bir hududni gidrografik sharoitini 
tuzilishini o’qituvchi raxbarligida tabiiiy kartani o’qish va tahlil qilish 
asosida o’rganishadi. Ular o’kituvchini topshirig’iga binoan avval 
daryolarni, so’ngra ko’llar va muzliklarni aniqlashadi va ularni ro’yxatini 
tuzishadi. 
O’quvchilar joyning tuproq va o’simlik qoplami kartalarini o’qish va 
tahlil qilish asosida asosiy tuproq va o’simlik turlarini aniqlashadi va 
tegishli xulosalar qilishadi.
Materiklarni tabiiy geografik sharoiti o’rganilganda o’quvchilar tabiat 
zonalari kartasini o’qish va tahlil qilish asosida mazkur materikda tarkib 
topgan tabiat zonalarini aniqlashadi. Mazkur kartani o’qish va tahlil qilish 
asosida joyning yoki ma’lum bir xududning tabiiy geografik tavsifi 
o’quvchilar tomonidan tuziladi. Iqtisodiy geografik tavsifdan tegishli 
iqtisodiy kartalarni o’kish va tahlil qilish asosida tuziladi. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Geografik kartalarni o’kish texnologiyalari

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish