iqtisodiy, siyosiy, sanoat; qishloq xo’jaligi, transport va x.k. Ular turlicha
bo’lgani bilan, umumiy o’xshashlikka ham ega. Ularning barchasi sinfda
foydalaniladi, o’quvchilarning uzoqdan ko’rishiga moslashga bo’ladi, ya’ni
masshtabi katta bo’ladi. Mazkur kartalar yordamida o’quvchilar bilimlarni
o’rganishida amaliy va mustaqil ish bajarishadi va ma’lum bir savollarga
javob berishadi..
SHuning uchun ular yaxshi ko’rinishga va katta aniqlikka ega bo’lgan
o’lchamda bo’lishi lozim.
Kartalarning turiga ko’ra ularning o’lchamlari turlicha bo’ladi. Dunyo
kartalari, alohida materiklarning kartalari hozirgi vaqtda 1,5x1,8m
o’lchamda chiqarilmoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo kartalari ham
deyarli mazkur o’lchamda chiqarilmoqda.
Kartalar aniq va ravshan ko’rinib turishi lozim. Ulardagi geografik
voqea va borliqni o’quvchilar 5-6 m dan aniq ko’ra bilishlari lozim. Buning
uchun kartada eng muhim narsalar aks ettiriladi. Masalan, daryo
tasvirlanayotganida uning asosiy qismi va eng yirik irmoqlari ko’rsatiladi,
mayda irmoqlari esa ko’rsatilmaydi. Karta ravshan ko’rinib turishi uchun
ranglar yaxshi tanlanishi lozim. Ranglar bir- biridan keskin ajralib turishi
lozim. Devoriy kartalarga qo’yiladigan yana bitta talab chiroyli bo’lishidir.
Agar karta chiroyli va aniq qilib ishlangan bo’lsa o’quvchilar ularni oson
o’qishadi va tushunishadi.
Maktab kartalarida relef asosan turli qalinlikda rang berish bilan
amalga oshiriladi. Past tekisliklar to’q yashil, tekisliklar esa och yashil,
balandliklar och jigarrang, o’rtacha tog’lar jigarrang, baland tog’lar esa to’q
jigarrangda beriladi.
Karta geografik nomlar bilan to’lib qolmasligi kerak. Unda faqat
o’quvchilarni yoshi va bilimi darajasiga mos bo’lgan yozuvlar bo’lmog’i
lozim. Boshlang’ich sinf kartalarida geografik nomlar kamroq va yirikroq
yozilishi, o’rta va yuqori sinflarda ularning soni ko’payib va o’lchamlari
maydalashib borishi mumkin.