Kartalarni tushuntirish texnologiyasi




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 


7.3.Kartalarni tushuntirish texnologiyasi. 
Umumta’lim maktablarida kartalarni tuzilishini tushutirish o’quv-
chilarga o’rgatish geografik bilimlarni egallashda muhim o’rin tutadi. 
O’quvchilarni geografik kartalarni tuzilishini tushuntirishga o’rgatish 
uchun joyda amaliy ishlar olib boriladi, joy rejasi bilan ishlanadi, 
gorizontallarni o’qish bo’yicha amaliy ishlar bajariladi, daraja to’ri bilan 
mashq qilinadi, turli kartalar solishtiriladi, nuqtalarni geografik kordina-
talari aniqlanadi, turli masshtablar bilan mashq qilinadi va x.k. 
Kartalarni tushunishni eng yaxshi yo’li joyni o’rganish va uni kartada 
qanday tasvirlanganligini aniqlashdir. Bundan tashqari globusdan kartaga 
o’tish, rejadan geografik kartaga o’tish orqali ham geografik kartalarni 
tuzilishini tushunishga yordam beradi. Mazkur usullar yordamida 
o’quvchilarni daraja to’ri, kartografik yiriklashtirish (generalizatsi) va 
geografik kartalarni tushuntirishga imkon beradi. 
Joyda va sinfda olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar (yo’nalishlarini 
aniqlash, masofani o’lchash va ularni chizmada tasvirlash hamda ularni joy 
rejasiga tushirish) o’quvchilarni geografik kartalarda xaqiqatda borliq va 
xodisalar tasvirlanganligiga ishonch xosil qilishiga undaydi. 
Geografik kartalarni tuzilishini tushunishga faqat joyda olib borilgan 
ishlargina emas, balki joyning xomaki rejasi bilan ishlash ham yordam 
beradi. Bunday ishlar o’quv sayohatlari, turistik poxodlarda va joyda 
amaliy ishlar olib borganda bajariladi. 
O’quvchilar yirik masshtabli kartalarni tuzilishini gorizantallarni 
o’qish bo’yicha olib boriladigan mashqlarda, topografik kartalar yorda-
mida relefni tasvirini tushirish jarayonida joyni rejasini tuzish davomida 
o’rganishadi. 
O’z yashash joyini tuzilishi va joy rejasini o’rganish davomida o’quv-
chilar asta- sekin yirik va mayda masshtabli kartalarni tuzilishini anglay 
bolashadi. Ular topografik va geografik kartalarni solishtirish asosida joy 
rejasi va geografik karta o’rtasidagi farqlarni tushuna boshlashadi. 
O’quvchilar kartografik andozalarni (proektsiyalarni) turlarini 
o’rganish davomida geografik kartalardagi xatoliklar va ularning 
miqiyosini tushuna boshlashadi, xatoliklarni qanday sodir bo’lishini 
o’quvchilar tushunishi uchun globusdagi va ma’lum bir kartadagi borliqni 
o’lchami solishtiriladi. Masalan,Chukotka yarim oroli yoki Grelandiya 
orolini globusda va kartada tasvirini solishtiradi. Ularning tasviri kartada 
globusdagiga ko’ra kattaroq tasvirlangan, ana shu farqlarning asosiy 


sababi kartalardagi xatoliklar ekanligi tushuntiriladi. Masalan, globus 
Yerning kichiklashtirilgan modeli hisoblanadi, shuning uchun unda 
geografik borliq xatosiz tasvirlanadi, karta esa globusning tekislikka yoyish 
natijasida hosil bo’lgan shuning uchun uning chekka qimsmlarida 
xatoliklar katta bo’lishi tushuntiriladi. 
Kartalarning daraja to’ri, meridianlar va paralellar o’rganib bo’lin-
gandan so’ng o’quvchilar geografik kordinatalar bilan mashq qilishadi. 
Buning natijasida ular har qanday nuqtani geografik o’rnini topishni 
o’rganishadi va daraja to’rini ahamiyatini anglashadi, bundan tashqari ular 
daraja to’ri meridian va parallelarga qarab yo’nalish va masofani 
aniqlashni o’rganadi. O’quvchilar nuqtani geografik koordinatasini 
aniqlashni yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun hayotdan misollar keltirish 
lozim. Masalan, o’z shahrini, yoki tumani markazini koordinatalarini 
aniqlash, O’zbekistonni chekka nuqtalarini, eng baland va eng past 
nuqtalarini koordinatalarini aniqlash. 
Xarita masshtabi bilan ishlaganda o’quvchilar geografik borliqni 
kichrayish yoki kattayishi darajalari bilan tanishishi lozim. Buning uchun 
avval yirik, o’rta va mayda masshtablar xaqida tushunchalarga ega 
bo’lmoqlari lozim. Shundan so’ng har xil geografik borliqni, masalan 
Chorbog’ suv omborini kengligi va uzunligini aniqlashlari lozim. O’quv-
chilar geografik kartada masofani taxminan aniqlashlari uchun ayrim 
geografik borliqni uzunligini aniqlab uning yordamida kerakli masofani 
topishlari mumkin. Masalan, Saxalin orolini uzunligi 1000 km, shundan 
foydalanib Osiyodagi joylarni uzunligini topish mumkin. Biror joyni 
uzunligini topish uchun Saxalin orolini xayolan joylashtiriladi va masofa 
aniqlanadi. Masalan, uzunligi aniqlanadigan joygacha 2 ta Saxalin oroli 
sig’sa demak uning uzunligi 2000 km ekan. 
Bundan tashqari daraja to’ridan foydalanib ham masofani o’lchashni 
o’quvchilar o’rganmog’i lozim. Buning uchun 1
0
yoyning uzunligini bilish 
kifoya. Meridian bo’yicha 1
0
yoyning o’rtacha uzunligi 111 km. agar ikki 
nuqta orasidagi masofa 10
0
bo’lsa u kmda quyidagicha ifodalanadi: 
10*111=1110km. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish