tushuncha masalan, ekvator, qutblar, meridian va paralellar bevosita
globusda ko’rsatilib tushuncha xosil qilinadi. Masalan, Yer sharini teng
ikkiga bo’lib turadigan, uni o’rtasidan o’tkazilgan chiziqqa ekvator deb
ataladi deb o’qituvchi globusdan ekvatorni joylashishini ko’rsatadi va
undan shimoliy va janubiy qutblargacha so’ng meridian, parallel, geog-
rafik koordinatalar tushunchalari xosil qilinadi va tegishli mashqlar
o’tkaziladi.
Erni o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatish uchun
globus va lampadan foydalaniladi. Bunda globus lampa atrofida
aylantiriladi va yoritish mintaqalarini xosil bo’lishi tushuntiriladi. Globusni
o’z o’qi atrofida aylantirib tong, tush, kech va qorong’u tushunchalarini
ko’rsatish mumkin. Mazkur ishlar kecha va kunduzni, fasllar hosil
bo’lishini tushuntirishga imkon beradi.
Mazkur tajribalar yordamida Quyosh nurlarini Yer yuzining turli
joylarida turlicha burchaklarda tushishini, ya’ni ekvator atroflariga tik,
qublarga borgan sari tushish burchagi kamayib borishini va buning
oqibatida Yer yuzasining turli joylari turli miqdorda issiqlik olishini hamda
qutblarda yarim yil to’xtovsiz Quyoshni botmasligi yoki chiqmasligini
tushuntirish mumkin.
Tabiiy geografik globuslarda eng muxim ekspeditsiya va sayohatlar
yo’nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va
okeanlar geografiyasini o’rganishda foydalanish mumkin. Masalan,
Amireka qit’asini kashf qilinishi va tekshirilish tarixini o’rganish davomida
X. Kolumb ekspeditsiyasi yo’nalishlarini aniq va to’la tushintirish mumkin.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko’proq jahon
siyosiy kartasini o’rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini
aniqlashda, dengiz va quruqlikdagi yo’llarni yo’nalishi va uzunligini
aniqlashda, yirik iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan portlarni
aniqlashda ishlatiladi.
Bundan tashqari globuslar alohida materiklar, qit’alar, mintaqalar
siyosiy kartasini va ularda davlatlarni joylashishini va ularni o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganishda ham ishlatiladi.