• 8-BOB. MUAMMOLI O’QITISH METODLARI
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR. 
    1.Kartografik tushunchalar jadvalini tuzing. 
    2.Tarx (plan) nima? 
    3.Karta deganda nimani tushunasiz? 
    4.Aerosurat deb nimaga aytiladi? 
    5.Karta bilan aerosuratni farqi nima? 
    6.SHartli belgilar turlari jadvalini tuzing. 
    7.Masshtab (miqyos) deb nimaga aytiladi? 
    8.Masshtabni qanday turlarini bilasiz? 
    9.Maktab geografik kartalari qanday turlarga bo’linadi? 
    10.Kartalarda voqea va xodisalar qanday usullarda tasvirlanadi? 
    11.Kartalar ularda tasvirlangan maydonning ko’lamiga ko’ra qanday turlarga 
    bo’linadi? 
    12.Mazmuniga ko’ra kartalar qanday guruhlarga bo’linadi? 
    13.Vazifasiga ko’ra kartalar qanday turlarga bo’linadi? 
    14. «Atlas» atamasini fanga kim kiritgan? 
    15.Kartalrni tuzilishi texnologiyasi haqida so’zlab bering. 
    16.Geografik kartalarni o’qish texnologiyasi sxemasini tuzing. 
    17.Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi nimalardan iborat? 
    18.Globus yordamida qanday ishlar amalga oshiriladi? 
    19.Kartografik tasavvurlar qanday tartibda shakllantiriladi? 


    8-BOB. MUAMMOLI O’QITISH METODLARI 
    Muammoli o’qitish metodikasi ilg’or o’qitish metodlaridan hisob-
    lanadi, chunki u o’quvchilarni o’ylashga? izlanishga majbur qiladi, natijada 
    ularning bilimlari chuqurlashadi va turli muammolarni qo’yish va yechish 
    ko’nikmalari shakillanadi. 
     
    8.1. Geografiya fanidagi muammolar va ulardan ta’lim jarayonida 
    foydalanish. 
    Geografiya fani tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy qismlardan iborat 
    bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha muammolar mujas-
    samlashgan. Mazkur muammolar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar 
    hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shakillanadi va rivojlanadi. Mazkur 
    muammolardan 
    ta’lim 
    jarayonida 
    foydalanishning 
    eng 
    muhim 
    shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishiga ko’ra gruxlarga bo’lishdir. 
    Ushbu muammolarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
    - tabiiy geografik muammolar; 
    -ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolar; 
    - geoekologik muammolar; 
    - ta’limiy va tarbiyaviy muammolar; 
    Tabiiy geografik muammolar insoniyat tarixi davomida jamiyatga 
    ta’sir etgan asosiy muammolardan biri bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. 
    Bunday muammolarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
    a) Yer qobig’ining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar (zil-
    zila, vulqonlar, tiktonik xarakatlar va x. k.); 
    b) atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar (kuchli 
    shamollar, sellar, yashin tushishi, do’l, sovuq urishi, qurg’oqchilik va x.k.); 
    v) Yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar (suv toshqini, 
    botqoqlanish, va x.k.); 
    g) biologik muammolar, ya’ni tuproq, o’simlik va hayvanot dunyosi 
    bilan bog’liq bo’lgan muammolar; 
    d) Dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar (okean satxini 
    ko’tarilishi, tayfun, tsunami) va x.k.. 
    Er qobig’ini xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarni 
    (jarayonlarni) oldindan bilib bo’lmaydi, faqat ularni sodir bo’lishini 
    oldindan bilib tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, 
    zil-zila yoki vulqonni sodir bo’lishini oldindan aytishni iloji bo’lsa mazkur 


    hududlarda aholi olib chiqib ketiladi. Tektonik harakatlar natijasida Yer 
    yuzasining ma’lum bir joylarini asta sekin pasayishi va ko’tarilishini 
    Nedirlandiya xududi misolida tushuntirish mumkin. Yer po’stini asta-
    sekin cho’kishi natijasida Nedirlandiya xududi dengiz satxidan pastda 
    qolib ketmoqda. Natijada Nedirlandiya xududini suv bosish havfi 
    tug’ilgan. Buni oldini olish uchun dengiz qirg’og’iga to’g’on qurilgan 
    uning balandligi har yili ko’tarilib turiladidi.
    Atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar insoniyatni 
    qadimdan qiziqtirib keladi. Xozirgi vaqtda ayrim atmosfera xodisalarini 
    sodir bo’lishini oldindan aytib beriladi va shunga mos ravishda chora 
    tadbirlar ishlab chiqiladi. Masalan, sel, sovuq urishi, qurg’oqchilik, 
    bo’ronlar va x.k 
    Er usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar ham hozirgi vaqtda 
    oldindan aniqlanadi va tegishli chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunday 
    muammolarga (jarayonlarga) suv toshqinlari, botqoqlar xosil bo’lishi 
    kiradi. 
    Biogeografik muammolarga tuproq erroziyasi, o’simlik va hayvonot 
    dunyosining o’zgarishi yoki kamayib ketishi kiradi. Ular asosan tabiiy 
    sharoitni keskin o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. 
    Dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar qirg’oq va orollarda 
    joylashgan davlatlar uchun muxim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. 
    Yer shari iqlimini asta-sekin ilishi natijasida materik va tog’ muzliklari erib 
    Dunyo okeani satxi ko’tarilmoqda, tayfunlar va tsunami qirg’oqlarda va 
    orollarda yashovchi xalqlarga katta zarar keltirmoqda. Masalan 2005 yil 
    qishda Indoniziyada sodir bo’lgan tsunami natijasida minglab aholi va 
    dam oluvchilar xalok bo’lishdi. 
    Iqtisodiy geografik muammolar ham insonlarni asosiy muammolari 
    qatoriga kiradi. Masalan, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish; 
    aholishunoslik va demografik muammolar; ishlab chiqarishni joylashtirish 
    va rivojlantirish muammolari; transpart va xaoqaro iqtisodiy munosabatlar 
    muammolari. 
    Geoeklogik muammolar tabiat va jamiyatni o’zaro ta’siri natijasida 
    vujudga keladi va ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
    -tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari; 
    -tabiatni muxofaza qilish muammolari; 
    -tabiatni tiklash muammolari; 


    Tabiatdan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari 
    hozirgi davrda barcha fanlar oldida turgan umum insoniy muammo bo’lib 
    hisoblanadi. Tabiatdan noto’g’ri foydalanish oqibatida katta maydonlarda 
    tuproqlar sho’rlanib ketgan, shamol va suv erroziyasi oqibatida tuproqni 
    sifati pasayib ketgan, yaylovlardan intensiv foydalanishi oqibatida ularni 
    maxsuldorligi kamayib ketgan, o’simlik resurslaridan noto’g’ri foydalanish 
    oqibatida o’rmonlar maydoni qisqarib ketgan, ovchilikni rivojlanishi bilan 
    insoniyat tarixida ko’p hayvonlar butunlay qirilib ketgan yoki butunlay 
    yo’qolish arafasida. 
    SHu munosabat bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muxofaza qilish 
    maqsadida butun jahonda qo’riqxonalar, milliy bog’lar, biosfera qo’riqxo-
    nalari, buyurtmaxonalar tashkil qilingan. Jahon va alohida davlatlar qizil 
    kitoblari nashr qilingan va qilinmoqda. 
    Hozirgi paytda inson tomonidan buzilgan tabiat komplekslarini 
    tiklash bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sanoat ishlab 
    chiqarishi natijasida hosil bo’lgan texnogen landshaftlar bog’larga, 
    o’rmonlarga, ekinzorlarga va dam olish maskanlariga aylantirilmoqda. 
    Geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri muammoli dars 
    texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yuqoridagi muammolardan 
    keng foydalanish va ularni o’quvchilar ongiga chuqurroq singdirishdan 
    iborat. 
    Muammoli ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda O’zbekiston va 
    O’rta Osiyodagi muammolardan foydalanilsa katta samara beradi. 
    Masalan, Orol muammosi, Sibir daryolarini O’rta Osiyoga burish 
    muammosi, qishloq xo’jaligini keng rivojlanishi va tuproqlarni sho’rlanishi 
    muammosi va x.k. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish