Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
8.3.3. Izlanuvchan metod. 
O’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatadigan metod 
izlanuvchan 
metod deb ataladi. Qisman izlanuvchan metod yordamida o’quvchilar 
o’qituvchi yordamida qisman ijodiy ish olib borish ko’nikmasiga ega 
bo’lishadi. Izlanuvchan metodda esa o’quvchilar mustaqil ravishda 
izlanish olib borishadi. Bunday ishlarni amaliy geografiya kurslarida, 


o’lkashunoslik bo’yicha olib boriladigan ishlarda qo’llaniladi. Mazkur 
vazifalar umum ta’lim maktablarida asosan o’quv sayohatlarida hamda 
mustaqil ishlarni bajarish davomida bajariladi. Masalan, o’quv sayohatiga 
chiqilganda hududni o’simliklarini o’rganish, xududni xo’jaligini o’rganish 
va x.k. Mustaqil ishlar bajarish davomida quyidagi muammolarni yechish 
mumkin: Orol muammosini hal qilish yo’llari; Toshkentdan Farg’ona 
vodiysiga temir yo’l o’tkazish yo’nalishini aniqlash; O’zbekistonda suvni 
tejash usullarini asoslash; O’zbekistonda shakar ishlab chiqarishni asoslab 
berish; O’zbekistonda mashinasoslikni rivojlantirish muammolarini hal 
qilish yo’llari va x.k. 
Muammoli vazifalarni yechishda faqat tabiat va jamiyat to’g’risida 
yangi bilimlarnigina topib qolmasdan mazkur muammoni yechishning 
yangi samarali yo’llarini ham qidirish lozim. Bu esa o’quvchilarni ijodiy 
tafakkurini rivojlantirishga, yangi metodlarni o’rganishga va ularda ijodiy 
faoliyat ko’nikmalarini shakillantirishga yordam beradi. Izlanuvchan 
metodni qo’llaganda o’qituvchining vazifasi muammoli vazifani ishlab 
chiqish va ularni o’quvchilar oldiga qo’yishdan iborat. O’quvchilarni 
vazifasi esa mazkur muammoni qabul qilish, o’ylab ko’rish va yechishdan 
iborat. Demak reproduktiv, qisman izlanuvchan va izlanuvchanlik 
metodlari bevosita mustaqil mashg’ulotlar jarayonida bajariladi. Mustaqil 
mashg’ulotlar odatda o’qituvchi topshirig’iga binoan o’qituvchini 
ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning asosiy belgilari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: og’zaki javob; yozma ish; chizma ishlari; 
kartografik ishlar va x.k. 
Mustaqil ishlar uchun vazifalar ikki turga bo’linadi: bir qolipdagi: 
muammoli yoki ijodiy. 
Bir qolipdagi vazifalar reproduktiv metodga kiradi. Bunda 
o’quvchilardan o’xshash o’quv jarayonida bir qolipdagi savollarga javob 
berish talab etiladi. 
Ijodiy yoki muammoli vazifalarni yechish qisman izlanuvchan va 
izlanuvchan metodlar yordamida amalga oshiriladi. Mazkur metodlar 
o’quvchilardan bilim va ko’nikmalarni yangi o’quv sharoitida qo’llashni va 
mustaqil fikrlashni talab etadi. Bir qolipdagi vazifalar yangi bilimlarni 
olishga va ilgari olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga imkon 
beradi. 
O’qitish metodlarini tanlash va o’quvchilarni bilish faoliyatini va 
o’qish jarayonini samaradorligini baholash bilimlarni o’zlashtirish 


darajalari orqali amalga oshiriladi. Geografiya o’qitish metodidagi 
o’zlashtirish darajalari 6-jadvalda keltirilgan. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish