-suvning kolbadagi satxi (kolbaning tor og’zi)ga ip boylab belgilanadi
va kolbaning og’zi o’rtasidan shisha naycha o’kazilgan
qopqoq bilan
yaxshilab berkitiladi;
-kolbadagi suvni spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Shunda suv ip
bilan belgilab qo’yilgan sathdan yuqori ko’tarilib,
shisha naycha ichiga
kiradi.
Turli tog’ jinslarini suvni turlicha o’tkazishini quyidagi tajribada
ko’rsatish mumkin:
-ikkita shisha voronka shtativga o’rnatiladi va
ularning pastki teshigi
paxta bilan berkitiladi;
-birinchi kolbaga yarim stakan gil (tuproq), ikkinchisiga yarim stakan
qum solinadi;
-voronkalardagi gil va qum ustiga yarim stakan suv quyiladi;
-tajribada suv qumdan tez o’tishi va gildan juda sekin o’tishi
aniqlanadi.
-suv quyilishi va uni qum yoki tuproqdan o’tishi
vaqtini belgilab yer
osti suvlari tezligini ham aniqlash mumkin.
Bundan tashqari turli tog’ jinslarini suvda eruvchanligini ham
o’rganish mumkin. Buning uchun tslindrga
suv quyiladi va unga
o’rganilayotgan tog’ jinslarining bir bo’lagi solinadi va uning to’la erish
vaqti kuzatiladi. Eriydi tog’
jinslariga turli xil tuzlar, tuproqlar va
qumtoshlar kiradi.
Mazkur tajribalar asosida o’quvchilar turli tog’
jinslarini turlicha suv
o’tkazishi va yer osti suvlarini xarakati xaqida bilimlarga ega bo’lishadi.