a) Quyosh doirasini Yer yuzasiga tegish vaqti;
b) Quyosh doirasini yarmini ufq ortiga o’tish vaqti;
v) Quyoshning to’la ko’rinmay qolgan vaqti;
g) Quyoshning qaysi geografik borliq orqasiga botganligi aniqlanadi;
- Quyosh chiqqan tomon sharq, botgan tomon g’arb
ekanligi
o’quvchilarga tushuntiriladi.
Yulduzlarni va sayyoralarni kuzatish tunda olib borilganligi uchun
maktab sharoitida keng tarqalmagan. Qutb yulduzini aniqlash ham tunda
olib boriladi. Yulduzlarni, sayyoralarni va oyning
davrlarini kuzatishni
o’quvchilar mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning uchun o’qituvchi dars
paytida yulduzlar, sayyoralar va oy davrlarini
qanday kuzatishni
o’rganishi lozim, yoki vaqt topib ular bilan birga astranomik kuzatishlar
olib borib, so’ngra boshqa paytlarda ularga
osmon jismlarini kuzatish
bo’yicha topshiriq berishi mumkin.