9.Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida qaysi mavzularni tushuntirish
metodi yordamida o’rganish mumkin?
10.Hikoya metodi deb nimaga aytiladi?
11.Hikoya metodi qanday talablarga javob berishi zarur?
12.Suhbat metodining mohiyati nima?
13. Katexezik suhbatda qanday savollar beriladi?
14.Evristik suhbatda savollar qanday tuziladi?
15. Katexezik va Evristik suhbatni orasida farqlar
xaqida gapirib bering va
ularga misollar keltiring.
16.Yangi o’quv materialini o’rganishda qanday suhbat metodlari qo’llaniladi?
17.Didaktik jihatdan suhbat necha turga bo’linadi?
18.Kirish suhbatining vazifasi nimadan iborat?
19.Suxbat davomida beriladigan savollar qanday talablarga javob berishi
lozim?
20.O’qib berish metodi qanday hollarda qo’llaniladi?
21.Geografiya darslarida nimalarni o’qib berish mumkin?
22. Ma’ruza metodi qaysi sinflarda dars berishda qo’llaniladi?
6-BOB. KUZATISH VA TAJRIBA METODI
Tabiatda va ishlab chiqarish jarayonida
bevosita olib boriladigan
kuzatishlar bilim olishning muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
Geografik bilimlarni berishning yana bir shakli bu tajriba metodidir.
Bunda o’quvchilar tabiatda kuzatib bo’lmaydigan voqea va hodisalarni
labaratoriya yoki sinf sharoitida tajriba yordamida ko’rishadi va
o’rganishadi.
Ko’zatish
deganda tabiiy
sharoitda geografik borliq, voqea va
hodisalarni ma’lum bir maqsadli yo’nalishlarda o’quvchilar
tomonidan
qabul qilishi tushiniladi.
Tajriba
deganda geografik voqea va hodisalarni sodir bo’lishini suniy
sharoitda amalga oshirish va o’rganish tushuniladi.
Kuzatish metodini ko’proq maktab hovlisida, o’quv
sayohatlari
jarayonida o’tkaziladi. Tajriba metodi geografiya ta’limida juda kam
qo’llaniladi. Bu geografiya kabenetlarida tegishli
asbob-uskunalarning
yo’qligi, geografiya o’kituvchilarining tajribasizligi va uni ximiya,
fizika
o’qituvchilari bilan yaxshi aloqada emasligi tufayli sodir bo’ladi.