Katexezik suxbat eng oddiy suxbat turi bo’lib hisoblanadi. Bunda
o’qituvchining qisqa va aniq savollariga o’quvchi qisqa va aniq javob
berishi shart. Katexezik suxbatda o’qituvchining savollari mantiqiy
jixatdan bir-biri bilan bog’langan bo’lishi mumkin va ular o’quvchini
qaysidir muammoni yechishga undamaydi. Masalan, Volga daryosi qaysi
ko’lga (dengizga) quyiladi, Mariana cho’kmasi qaysi okeanda joylashgan,
O’zbekistonning eng past nuqtasi qaerda joylashgan va x. k. Mazkur
suxbat o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini tekshirish, o’quv materialini
mustahkamlash va qisman takrorlash uchun qo’llaniladi.