V-BOB. O’QITISHNING OG’ZAKI METODLARI




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

V-BOB. O’QITISHNING OG’ZAKI METODLARI 
Geografiya ta’limida og’zaki bayon metodlari bilim berishning asosiy 
metodlaridan biri hisoblanadi. Chunki o’qitish metodlarini barcha turlarini 
qo’llaganda mazkur metod u yoki bu shaklda albatta qo’llaniladi. 
O’qituvchining og’zaki bayoni quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: 
-ilmiy jixatdan to’g’ri bo’lishi va ilmiy asoslangan bo’lishi zarur; 
-bilimlar mantiqan to’g’ri bo’lishi lozim; 
- bilimlar o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak; 
-o’qituvchining og’zaki nutqi qiziqarli bo’lishi zarur; 
- bayon me’yorida bo’lishi va uni o’quvchilar yozib olishga ulgurishi 
kerak; 
-og’zaki bayon boshqa usullar bilan qo’shib olib borilishi lozim; 
-og’zaki bayonda nutq yaxshi rivojlangan bo’lishi lozim. 
Og’zaki bayon usullari to’g’ri qo’llanganda u o’quvchilarda quyidagi 
xususiyatlarni 
rivojlantiradi: 
o’qituvchi 
fikrlarni 
kuzatib 
borish 


ko’nikmasini rivojlantiradi; geografik bilimlar va ular orasidagi aloqalarni
yaxshi qabul qiladi; og’aki bayondagi asosiy fikrni o’zlashtirish ko’nikmasi 
shakllanadi. O’qituvchi tomonidan o’quv materialini aniq bir mantiqiy 
yo’nalishda ochib berishni o’quvchilarda tafakkurni rivojlanishiga yordam 
beradi. 
Og’zaki bayon metodini afzalliklaridan biri shundaki unda 15-20 
minutda katta xajimdagi material beriladi va vaqtdan samarali 
foydalaniladi. 
Og’zaki bayon metodlarini qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari 
ham mavjud. Masalan, og’zaki bayon metodlari yordamida kartalar bilan 
ishlash, darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirib bo’lmaydi. 
Ayrim vaqtlarda og’zaki bayon metodlari o’qitishning asosiy metodiga 
aylanib qolishi mumkin, bunda o’quvchilarda mustaqil ishlarni bajarish 
ko’nikmalari shakllanmaydi yoki mazkur ishlarga kam e’tibor beriladi. 
Dars o’tishda og’zaki bayon metodi yordamida faqat o’quv materia-
lining asosiy mazmunini ochib berishga xarakat qilinadi va o’quvchilarni 
faollashtirishga kamroq e’tibor beriladi. 
Og’zaki bayon metodi o’quvchilarni darsni diqqat bilan tinglashni 
talab qiladi. Shuning uchun og’zaki bayon metodlari bilan dars o’tishda 
o’quvchilarda tinglash ko’nikmasini shakllantirish lozim. Bunda o’quv-
chilar berilayotgan materialni faqat qabul qilishi va fikrlashi talab etiladi. 
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni bilimini 
o’zlashtirishni boshqarishi lozim. Bu esa o’quvchilarga dars mavzusi va 
rejasini tushuntirish orqali amalga oshiriladi. 
O’quvchilar geografik bog’liqliklarni yaxshi tushunishi uchun 
o’quvchi geografik borliq va hodisalarni bayonini rejasini ishlab chiqishi 
lozim. Reja o’qituvchi tomonidan sinf taxtasiga yozib chiqiladi yoki og’zaki 
e’lon qilinadi. O’quvchilar mazkur rejani daftarlariga yozib olishadi. Bu esa 
o’quvchilarni bayon qilayotgan mavzu mazmunini yaxshi o’zlashtirishiga 
yordam beradi. 
Reja bo’yicha o’quv materialini mazmuni bayon qilingandan so’ng 
o’qituvchi xulosa qiladi. Agar o’quvchilar darsni yaxshi o’zlashtirgan 
bo’lsa, o’zlari mustaqil ravishda xulosa qilib gapirib berishlari mumkin.
Bunda suxbat metodidan foydalaniladi. 
O’quv materiali mazmunini o’quvchilar o’zlashtirishini osonlashtirish 
maqsadida o’quvchilar diqqatini eng muxim narsalarga qaratish lozim. 


O’quvchilarda eshitish ko’nikmasi asta-sekin shakllanadi. Shuning 
uchun turli sinflarda og’zaki bayon davomiyligi turlicha bo’ladi. Quyi 
sinflarda og’zaki bayon 5-10 minut, yuqori sinflarda esa darsni to’liq 
egallashi mumkin. 
O’qitishning og’zaki metodlari quyidagi turlarga bo’linadi: 
1.Tushuntirish 
2.Xikoya 
3.Suxbat 
4.Ma’ruza 
5.O’qib berish. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V-BOB. O’QITISHNING OG’ZAKI METODLARI

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish