• Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi
  • O’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyas
  • O’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    O’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi
    (Dushina, 
    Gerasimova, Neklyukova, G’ulomov, Qurboniyozov, Vaxobov va 
    boshqalar). Mazkur usul ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib 
    kelinadi. Ushbu texnologiya geografik borliqni, xodisa va jarayonlarni 
    tavsiflash tartibi, qoidasi, algoritmlar sifatida ifodalangan. Mazkur 
    texnologiya har bir darslik uchun metodik qo’llanma sifatida kengroq 
    tarqalgan. Masalan, har bir sinf bo’yicha nashr qilingan darsliklar albatta 
    metodik qo’llanmasi bilan birga nashr qilinmoqda. Unda geografik 
    ko’nikmalarni shakllantrish texnologiyalari ishlab chiqilgan. 
    Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi
    (Episheva, Dushina). Ushbu 
    texnologiya ham geografiya ta’limida ilgaritdan qo’llanib kelinadi. Ushbu 
    usulni qo’llaganda sinf o’quvchilari qobiliyatiga va qiziquvchanligiga ko’ra 
    ma’lum 
    bir 
    guruhlarga 
    bo’linadi. 
    Bunda 
    o’quv 
    maqsadlari 
    tabaqalashtiriladi, har bir guruh uchun o’quv jarayonini ta’minlaydigan 
    texnologiya ishlab chiqiladi. Mazkur texnologiyani regional geografiya 


    fanlarini o’rganishda qo’llash yaxshi natija beradi. Masalan, Yevropadagi 
    rivojlangan davlatlar iqtisodiy geografiyasini o’rganishda har bir guruh 
    ma’lum bir davlatni o’rganishi mumkin.
    O’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyas
    i (Suxov, 
    Rom, Dronov, Dushina va boshqalar). Bunda o’quv faoliyati o’quvchilarni 
    faolligini oshirishni maxsus, alohida shakli sifatida ko’riladi. Ushbu 
    texnologiyada o’quvchilar bilimlarni ma’lum bir o’quv topshiriqlarni 
    bajarish orqali olishadi. Ushbu texnologiyani qo’llash quyidagi 
    bosqichlardan iborat: ma’lum bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha topshiriqlar 
    tizimi tuziladi (masalan, Shimoliy Amerika iqlimi; Xitoyning qishloq 
    xo’jaligi; Yaponiya transporti va hokazolar); O’qituvchi va o’quvchilar 
    faoliyatini tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish; mavzu bo’yicha 
    o’quvchilar bilimini tekshirish uchun test topshiriqlarini tuzish; dars 
    o’tish, o’quvchilar bilimini baholash. Mazkur texnologiyalarga o’quvchilar 
    faoliyatini faollashtirish texnologiyasini ham kiritsa bo’ladi. O’quvchilar 
    faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish geografik o’yinlar texnologiyasi, 
    muammoli o’qitish texnologiyasi, o’quv materiallarini chizmali, belgili va 
    kartografik modellardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Geografik 
    o’yinlar texnologiyasi geografiya ta’limida juda keng qo’llaniladi va 
    o’zining qiziqarliligi, bilimlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashti-
    rishlari bilan ajralib turadi. Geografik o’yinlar texnologiyasi barcha 
    geografiya predmetlarini o’rganishda qo’llanishi mumkin. Muammoli 
    o’qitish texnologiyasi ham geografiya ta’limida yangi emas. U ilgaritdan 
    qo’llanilib kelinadi. Bunda asosiy vazifa bo’lib ma’lum bir mavzu bo’yicha 
    muammoli savollar yoki topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va uni 
    o’quvchilarga tushuntirishdir. Masalan relefni shakllanishi va rivojlanishi; 
    atmosfera yog’inlarini hosil bo’lishi: qishloq xo’jaligini tabiat zonalari 
    bo’yicha ixtisoslashuvi, sanoat tarmoqlarining joylashuvi va hokazolar.

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish