Dalillar
- maktab geografiyasi mazmunida ko’proq ob’ektning
o’lchamlari, yog’inlar, havo, suv sarfi, iqtisodiy dalillar uchraydi.
Ko’nikmalar
- bu faoliyat usullari. Bu usullar orqali o’quvchilar olgan
bilimlarini amalda qo’llashadi.Ko’nikmalarni qo’llash har safar o’ylashni
talab qiladi, shuning uchun ko’nikmaga avtomatizim xos emas.
Malaka-
avtomatik ravishda tez bajariladigan faoliyat. Ko’nikmalar
o’quv vazifasiga va maqsadlariga qarab turli guruhlarda bo’linishi
mumkin. Bu esa quyidagi ko’nikmalarni bir –biridan ajratishga imkon
beradi: ob’ektlar bayoni: TTK va TICHK ta’rifiva x.k.
Ko’nikmalar yordamida o’quvchilar turli xil tafakkur usullarni
qo’llashi mumkin: analiz, sintez, umumlashtirish, abstrakt qiyoslash.
Dunyoqarash g’oyalari -
bu aniq geografik bilimlarni g’oyaviy
umumlashmasidir. Tabiiy geografiyada tabiatga dialektik nuqtai nazardan
qarash g’oyasi mavjud, ya’ni hamma tabiat tarkiblari bir –biri bilan
chambarchas bog’langan.
3.6 Ichki predmetlararo aloqalar.
Ichki predmetlararo aloqalar- bu har bir kursning ma’lum bir dastur
asosida o’rganishdir. Bunda bilimlarni, ko’nikmalarni va dunyoqarash
g’oyalarni hosil bo’lishini ketma ketligi alohida o’rin tutadi.
Tabiiy geografiya kursida bir qancha bilimlar tizimi bor: geologik –
geomorfologik, iqlimiy, gidrologik va TTKlar va x.k. Ushbu har bir tizimga
ham nazariy xam emprik bilimlar, aniq ko’nikmalar kiradi. Masalan, ob-
havoni kuzatish, iqlim kartalarini o’qish ko’nikmalari. Bilimlar har bir
kursda rivojlanib boradi. (3-jadval)
3-jadval
Geologik- geomorfologik bilimlarni rivojlanishi.
IV sinf
V sinf
VI sinf
VII sinf
Tog’ jinslari, nurash va
yemirilish
jarayoni
(t
0
,
shamol va suv ta’sirida),
Yer
osti
boyliklarini
qo’riqlash
Erning
ichki
tuzilishi.‛Atmosfera‛,,tog’ jinslari‛
,,Tekisliklari‛ tushunchalari. Tog’
va tekisliklarni ichki va tashki
kuchlar ta’sirida o’zgarishi. Inson
faoliyati ni rel’efga ta’siri. Tog’ va
tekislik relefini bayoni.
Er
qobig’i
va
relefi,
materik va okean yer
qobig’ining nisbatan hara
katchan
qismlari.
Yer
qobig’i tuzulish kartasi
Okean
tubi
relefi.
Quruqlik relefi. Materik
relefi va x.k.
bayoni.
Geoxronologik
janval. ‚Platforma‛
‚Geosinklinal‛
tushunchalari.
Tektonik
karta
qadimgi muzlanish
relefi va x.k. bayoni
Iqtisodiy geografiya kursining mazmuni quyidagi asosiy tushunchalar bo’yicha ichki aloqalarni hisobga olgan
holda aniqlanadi ishlab chiqarish: iqtisodiy geografik joylanish; tabiiy resurslar, mehnat resurslari xo’jalikning
muhim tarmoqlari va x.k.
Tabiiy va iqtisodiy geografiya predmetlari o’rtasidagi aloqalar ham chambarchasdir. Chunki ishlab chiqarish
tabiiy geografiyada insonni tabiatga ta’siri, omili sifatida o’rgatiladi. Bunda ishlab chiqarishni mohiyati muhim
o’rin tutadi. Iqtisodiy geografiyada tabiiy geografik bilimlar tabiiy boyliklarga xo’jalik jihatdan baholashda
ishlatiladi.
|