-o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmunini belgilash, ularni
maxsus dasturlar, o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash masalalaridir.
3.4 Geografiya ta’limining tuzilishi va ta’lim standartlari.
Geografiya ta’limi shakllari va bosqichlariga binoan turlicha tuzilishga
ega.
Geografiya ta’limi xozirgi davrda quydagi qismlarga bo’linadi:
-umuta’lim maktablarida geografiya ta’limi;
-akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida geografiya ta’limi;
-oliy geografiya ta’limi;
-Yordamchi maktablarda geografiya ta’limi;
-Malaka oshirish muassasalarida geografiya ta’limi.
Umumta’lim maktablari geografiyasining asosiy qoidalaridan biri
tabiiy va iqtisodiy geografiyani alohida – alohida o’rganishdir. Bu esa
umumta’lim maktablari geografiyasida tabiiy va iqtisodiy geografiyaning
asoslarini to’la aks ettirishga imkon beradi.
Umum ta’lim maktabi geografiya kurslari zinapoyasimon tuzilishga
ega. Bunda asta-sekin quyi sinfdan, yuqori sinflarga qarab murakkablashib
boradi, qaytarishlarga yo’l qo’yilmaydi, lekin yangi ma’lumotlar ilgari
o’tilgan ma’lumotlar asosida beriladi. Bu esa o’quvchilarni yangi
ma’lumotlarni umuman darsni yaxshi va to’la o’zlashtirishga imkon
beradi.
Geografiya
predmetining
ayrim
kurslarini
o’rganish
tartibi
quyidagidan iborat:
-IV sinf – tabiatshunoslik (35 soat)
-V sinf – tabiiy geografiya boshlang’ich kursi (36 soat)