O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
3.3. O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng umumiy ta’lim-tarbiya 
soxasini islox qilish zaruriyati tug’ildi. Ayrim o’quv fanlari dars tizimidan 
chiqarib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar 
yangidan yaratilib o’quv tizimiga joriy qilindi.
Maktab geografiya ta’limi sohasida ham muhim o’zgarishlar sodir 
bo’ldi. Umumiy ta’lim maktablarida ‚SSR tabiiy geografiyasi‛ (8-sinf) va 
‚SSR iqtisodiy va sotsial geografiyasi‛ (9-sinf) o’quv kurslari ta’lim 
dasturidan olib tashlandi. 
Umumiy majburiy ta’lim 9-yilga o’tkazilgani musosabati bilan ayrim 
o’quv kurslari o’rganiladigan sinflar o’zgardi. 5-sinfga yangi ‚Tabiiyot‛ 
kursi kiritildi. Ammo mazkur kurs o’zlashtirish qiyin bo’lganligi, hamda 


unda tabiiy geografiya va biologiya va boshqa fanlardagi bilimlar 
qaytarilganligi tufayli 1999 yil o’quv dasturidan olib tashlandi. 
‚Boshlang’ich tabiiy geografiya‛ kursi, ‚Materik va okeanlar tabiiy 
geografiyasi‛ kursi bilan qo’shib 6-sinfda o’tiladigan bo’lgan edi. Bu xam 
o’zini oqlamadi. Yangi dastur (1999) bo’yicha yana 5-sinfda boshlang’ich 
‚Tabiiy geografiya‛ kursi o’tiladigan bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston 
va Turkiston xududidan tashqari ilgari sobiq ‚SSR tabiiy geografiyasi‛da 
o’rganiladigan tabiiy geografik o’lkalar ‚Materik va okeanlar tabiiy 
geografiyasi‛ kursida o’tiladigan bo’ldi. 
O’quv dasturiga tamoman yangi ‚Turkiston tabiiy geografiyasi‛ kursi 
kiritildi (7-sinflar uchun).
9-sinfda o’tiladigan ‚Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‛ 
kursida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Endi O’zbekiston Respublikasidan 
tashqari xamma davlatlar shu kursda o’rganiladi. 
Yangi dasturga muofiq tayanch majburiy ta’limga moslangan 
geografiya kurslarining sinflar bo’yicha taqsimoti quyidagicha: 
-5-sinfda ‚Tabiiy geografiya‛, boshlang’ich kursi ; 
-6-sinfda ‚Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi‛ ; 
-7-sinfda: birinchi yarim yillikda ‚Turkiston tabiiy geografiyasi‛, 
ikkinchi yarim yillikda ‚O’zbekiston tabiiy geografiyasi‛; 
-8-sinfda ‚O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi‛; 
- 9- sinfda ‚Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‛. 
Har qanday davlatning kelajaini, buyukligini va qudratini yuksak 
darajada bilimga ega bo’lgan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlarning
yetishtirish uchun esa davlatning ta’lim tizimi yuqori darajada 
takomillashgan va xalqaro standartlar talabiga javob beradigan darajada
bo’lishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 9-
sessiyasida (30.08.97) mazkur muammo to’g’risida shunday degan edi 
‚Har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, xarbiy 
qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda 
o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir‛. 
1997 yil avgustda Oliy Majlisda ko’rilgan ta’lim qonuni O’zbekiston 
ta’lim tizimining takomillashtirish va barkomol avlodni tarbiyalash 
soxasidagi qo’ygan qadamlarining eng yirigidir. 


Prezidentimiz I.Karimovning ta’lim qonuni bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi 9-sesiyasida so’zlagan nutqini quyidagi 
qismlarga bo’lish mumkin: 
1. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’rta va oliy ta’limda 
erishilgan yutuqlar tahlili. 
2. Hozirgi ta’lim tizimining hayot talablariga javob bermasligining 
asosiy sabablarini tahlil i. 
3. Oliy ta’lim isloxotining asosiy yo’nalishlari. 
4. Ta’limdagi isloxotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirilishi. 
5. Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsati shining 
asosiy tamoyillari. 
6. Umumta’lim dasturining tuzilishi. 
7. Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar. 
Mazkur masalalarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz: 

Download 2,49 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish