ko’paydi. Iqtisodiy geografiya kurslari 1,5 yil o’tiladigan bo’ldi.
Maktablarda o’quv ishlarini tashkil qilish bo’yicha ham ko’rsatmalar
berildi: dars o’quv mashg’ulotlarining asosiy va muhim sharti sifatida
qaytadan tiklandi. Ushbu davrda geografiya ta’limini asosiy shartlaridan
biri bo’lgan darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda kadrlar
tayyorlash milliy dasturi bo’yicha sezilarli ishlar qilindi. Mazkur davrda
nashr qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni O.Mo’minov (1986 y)
quyidagi qismlarga bo’ladi:
- rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan darsliklar. Bunday
darsliklarga ‚Boshlanma geografiya‛ (A.Kruber va boshqalar darsligining
tarjimasi), ‚Turkiston‛, ‚Boshlang’ich jug’rofiya saboqligi‛ (G.I.Ivanov),
‚ISHJI ning qisqacha jug’rofiyasi‛ (G.I.Ivanov) va boshqalar. Mazkur
davrda nemis olimi A.Geykining ‚Tabiiy jug’rofiya‛ darsligi (1925);
- rus tilidan erkin tarjima qilingan darsliklar: ‚Boshlang’ich jug’rofiya‛
(G.I.Ivanov);
- O’zbekistonda nashr qilingan darsliklar: ‚O’zbekiston va unga
qo’shni jumxuriyatlar xamda viloyatlar‛ (N.Balashov, 1925), ‚Jug’rofiya‛
(N.P.Arxangelskiy, 1933), ‚O’zbekiston sotsalistik sho’rolar jo’g’rofiyasi
‛(L.Obizov, 1934);
Geografiya ta’limi soxasida ishlar juda kam bajarilgan. Faqat 1933
yilda nashr qilingan. N.I.Leonovning ‚Jug’rofiya metodikasi bo’yicha
ocherklar‛ metodik qo’llanmasi mavjud edi. Bundan tashqari mazkur
davrda ma’orif soxasida qator ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi,
ularda geografiya ta’limi bo’yicha ma’lumotlar muntazam berib turilgan:
‚Maorif‛ (1918 yildan), ‚Maorif va o’qituvchi‛ (1925) jurnallari, ‚Madaniy
inqilob‛- ‚O’qituvchilar gazetasi‛ 1931 yildan nashr qilina boshlandi.