3-BOB.O’ZBEKISTONDA GEOGRAFIYA TA’LIMINING
RIVOJLANISHI
O’zbekistonda jumladan O’rta Osiyoda geografiya ta’limining
rivojlanishi uzoq tarixga ega. O’rta asrlarda geografiya ta’limining markazi
sharqqa ko’chgan. Mazkur davrning buyuk geograflarini asosiy qismini
yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk o’zbek olimlari tashkil qiladi. Ularga
Axmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek,
Zaxiriddin Muxammad Bobur va boshqalar kiradi.
3.1. XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida geografiya ta’limining
rivojlanishi.
Mazkur davrda yurtimizda geografiya ta’limining
rivojlanishi rus-
tuzem maktablarining ochilishi va mazkur maktab o’quvchilari uchun
darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratilishi bilan bog’liq. Shu munosabat
bilan XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida o’zbek tilida juda ko’p darslik
va qo’llanmalar chop etildi. Ushbu davrda geografiya
fanini rivojlanishi
ma’lum bir omillarga bog’liq bo’lgan. Jumladan Rossiya O’rta Osiyoni
bosib olgandan so’ng, uni boshqarish uchun rus tilini biladigan mahalliy
millat vakillari zarur edi. Ikkinchi tomondan
XIX-arsning oxirlarida
Turkistonda milliy uyg’onish davri boshlandi, ya’ni jadidchilik davrida
millat taraqqiyotini yanada jadallashtirish
maqsadida yangi usul
maktablari tashkil qilina boshlandi.
Mazkur maktablarda geografiya fanini o’qitishga alohida e’tibor
berilgan. Jadidchilik davrida chop etilgan geografik darsliklar, qo’llan-
malar yaratilish tarixi O.Mo’minov (1986), B.Qosimov (1999), D.Alimova va
D.Rashidova (1998), X.Vaxobov va N.Alimova (2001) va boshqalar tomo-
nidan o’rganilgan.
O.Mo’minov ma’lumotiga binoan 1870 yildan boshlab o’zbek
tilida
‚Turkiston viloyati‛ gazetasida nashr qilina boshlandi. Mazkur gazeta
saxifalarida geografiyaga oid juda ko’p maqolalar e’lon qilina boshlandi.
Unda Maxmudxo’ja Bexbudiy, Zokirjon
Furqat va boshqalarning
sayohatnomalari xaqidagi ma’lumotlar e’lon qilina boshlandi bu esa o’sha
davrdagi ziyolilarni dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi. XIX-arsning 80-
yillarida Turkistonda ‚rus-tuzem‛ maktablari tashkil qilinishi boshlandi.
Mazkur maktablar uchun 1890 yilda nemis olimi A.Geykiyning ‚Er
xususidagi ilmdan olingan so’zlar‛ nomli kitobi 1899 va 1901 yillari nashr
etildi, 1910
yildan so’ng rus-tuzem maktablarining 3 va 4 sinflar uchun
xaftasiga 4 soat geografiya darsi o’quv rejasiga kiritilgan,
bu esa boshqa
fanlarga nisbatan ancha ko’p edi.
Toshkentda 1900
yili ‚Yangi usul‛ maktabi ochildi, mazkur maktab-
larda geografiyaga alohida axamiyat berildi. 1905 yil Samarqanddagi yangi
usul maktablari uchun o’zbek tilida ‚Turkiston va unga qo’shni
mamlakatlar kartasi‛ nashr qilinadi. Shundan so’ng o’zbek
tilida qator
darslik va qo’llanmalar chop etila boshlandi: 1909 yil Fotix Karimning
geografiya fani bo’yicha darsligi Orenburgda nashr etiladi. 1914 yil
Muxammad Amin Karimiyning ‚Jug’rofiyai riyoziy‛ (Matematik geogra-
fiya) 4 va 5 sinflar uchun nashr qilindi. 1915 yil ‚Er yuzi‛
darsligi chop
etiladi.
Ushbu davrda eng mashxur allomalardan biri Maxmudxo’ja Bexbudiy
bo’lib, uning tomonidan ‚Yangi usul maktablari‛ uchun ‚Turkiston
kartasi‛, ‚Muntaxabi jug’rofiyaiy umumiy‛ (qisqacha umumiy geografiya),
‚ Madxali jug’rofiyaiy imroniy‛(Aholi geografiyasiga kirish),‚Muxtasari
jug’rofiyaiy Rusiy‛ (Rusiyaning qisqacha geografiyasi) darsliklari va qator
sayohatnomalar e’lon qilingan.
Maxmudxo’ja Bexbudiyning ‚Kitobi muntaxabi jug’rofiyai umumiy va
namunai jug’rofiya‛ darsligi 1905 yili 24 avgustda Sankt-Peterburg
tsenzurasidan ruxsat olinib, 1906