• 2.3. Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida geografiya ta’limining rivojlanishi.
  • Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi. 
    Ushbu bosqichdan boshlab
    Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada Dunyo ahamiyatiga ega 
    bo’lgan kashfiyotlar qilindi.
    1492
    -yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika 
    qit’asi ochildi
    .1498
    -yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi 
    Afrikani aylanib o’tib,Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochdi. 
    1519-
    1521
    – yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean 
    bo’ylab Dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi va yerning sharsimonligini 
    yana bir bor isbotladi.
    1650
    -yili Golland olimi B.Vareniy ‚Umumiy 
    geografiya‛ nomli asar yozdi. Mazkur asarda geografiya ikki qismga,ya’ni 
    umumiy va xususiy qismlarga bo’lingan. 
    2.3. Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida geografiya ta’limining 
    rivojlanishi. 
    XVII-asrdan boshlab Yer yuzasi tabiatini o’rganish bo’yicha maxsus 
    ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Geografik ma’lumotlarni yig’ilishi 
    va ularni umulashtirish asosida yirik ilmiy va amaliy natijalar olindi. XVII- 
    asrning o’rtalarigacha geografiya alohida predmet sifatida o’qitilmas edi. 
    Geografik bilimlar mamlakatshunoslik kurslari tarkibida berilar edi. Buyuk 
    geografik kashfiyotlar va ilmiy geografik tadqiqotlar bosqichi natijalari 
    ta’sirida geografiya faniga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Natijada XVII-asrning 
    ikkinchi yarmidan boshlab G’arbiy Yevropa davlatlari maktablarida 
    geografiya alohida predmet sifatida o’quv dasturiga kiritildi. XVIII-asrdan 
    boshlab esa geografiya barcha maktablarda o’qitiladigan bo’ldi. XVIII-
    asrning boshlarida maktablarni ixtisoslashuviga ko’ra geografiyaning 
    ma’lum bir tarmog’i o’qitilar edi. Navigatsiya maktablarida matematik 
    geografiya, boshqlarida esa siyosiy geografiya o’qitilar edi. Siyosiy 
    geografiya asosan mamlakatlar tavsifidan iborat bo’lgan. XVIII asrning 
    boshlarida I. Gyubner (1719) tomonidan darslik nashr qilindi. Uning 
    darsligi ‚Er sharini qisqacha tavsifi‛ deb atalgan. Ushbu davrda yirik 
    Golland olimi Vareniy ‚Bosh geografiya ‛ nomli mashhur asarini yozdi. 
    XVIII asrning birinchi yarmida geografiya o’qitish metodikasi Gollandiya 
    va Germaniyada rivojlandi. Juda ko’p darsliklar nashr qilindi. Ammo 
    mazkur darsliklarning mazmuni asosan geografik nomlar, ma’lumotlar va 


    sonlardan iborat bo’lgan. O’quvchilar faoliyati ularni yodlab olishdan 
    iborat edi. 
    Rossiyada geografiya fanini va uni o’qitish metodikasini rivojlanishida
    M.V.Lomonosov X.Chebotarev katta xizmat qilishdi.XVIII- asrning
    ikkinchi yarmida X.Chebotarev ‚Rossiya imperiyasini geografik va 
    metodik tavsifi‛ nomli darsligini nashrdan chiqardi. Mazkur davrda 
    geografiya ikkita sinfda o’qitilgan: III-sinfda umumiy geografiya, IV- 
    sinfda Rossiya geografiyasi o’qitilgan. 
    XIX- asrning boshlarida Yevropa davlatlari va Rossiyada barcha o’quv 
    muassalarida geografiya ta’limi joriy qilindi. 7-yillik gimnaziyalarning 3-
    sinfidan VIII-sinfigacha geografiya predmeti o’rganilgan. Geografiya 
    predmeti bo’yicha haftalik soatlar miqdori 14 soatni tashkil qilingan. 
    Mazkur davrda Ye.F. Zavyalov, K.P.Arsenov darsliklari bo’yicha geogra-
    fiya predmeti o’rganilgan. 
    XIX- asrning ikinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishida 
    K.D. Ushinskiy, D.D.Semenov ishlari muxim o’rin tutgan. K.D.Ushinskiy 
    geografiya o’qitishni bir necha tamoillarini ishlab chiqdi. D.D.Semenov 
    ‚Uroki geografii‛ ( Geografiya darslari) nomli darslik yozgan. 19 sarning 
    oxirida geografiya ta’limini rivojlanishida nemis olimi Oberlenderning 
    metodikasi katta o’rin tutadi. U ‛Oberlender georafiya metodikasi‛ deb 
    nomlangan darslik yozgan. Mazkur darslikda quyidagi metodlar 
    ajratilgan:
    -analitik-avval Yerni umuman o’rganib so’ngra uni qismlarini 
    o’rganish; 
    -sintetiya-avval alohida joylarni o’rganib so’ngra Yerni butunlay 
    o’rganish; 
    -konstruktiv-o’quvchilar karta chizish mobaynida Yer yuzasining 
    asosiy shakllari bilan tanishadi; 
    -bog’laovchi (assotsiativ) o’rganilayotgan voqea va hodisalar o’rtasi-
    dagi o’zaro aloqalarga katta e’tibor beriladi; 
    -guruhlashtiruvchi bir xil geografik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni 
    guruhlarini qiyoslashga asoslanadi. 
    XX-asrning boshlarida geografiya o’qitish metodikasini rivojlanishida 
    D.N.Anuchin, N.Revskiy,A.Sokolev, E. Petri, Ya.Rudnev, V.Budanov, 
    S.Arjanov va boshqalarning ishlari katta axamiyatga ega bo’ladi. Mazkur 
    olimlar tomonidan Oberlender metodikasi yanada takomillashtirildi va 
    rivojlantirildi. 


    XX-asrning 20-yillaridan boshlab Rossiya va hamdo’stlik mamla-
    katlarida 9-yillik mehnat maktablari tashkil qilindi (1-bosqich I-IV sinflar
    ikkinchi bosqich VI-IX sinflar), geografiya ta’limining maqsadi va 
    mazmuni o’zgardi. 
    1921
    yil D.N. Anuchin tomonidan yagona geografiya 
    dasturi ishlab chiqildi, bungacha har bir tuman va maktab o’zini dasturiga 
    ega bo’lgan. D. N. Anuchin dasturiga binoan III-sinfda o’z qishlog’i, shahri, 
    tumani geografiyasi; IV sinfda mamlakat turli mintaqalarining tabiati; V 
    sinfda ‚Qit’alar geografiyasi ‛, VI - VII sinflarda Rossiya geografiyasi, VIII
    sinfda iqtisodiy geografiya, IX sinfda astronomiya va astrologiya o’tilgan.
    XX-asrning 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish