mandlar; jug’rofiyani o’qimoqni nafi; jug’rofiyani o’qimoq musulmonlarga
lozimdir; eski va yangi donishmandlar; yangi muxokamani so’zidan
namuna; Yer aylanganda ustidagilar yiqilmasligi; atrof; jixoyati asliya;
karta; plan; xukumat va xukumronlar; din va odat; o’lchak miqiyos;
Amriqoning topilishi; tavsil va tabix.
‚Geografiya‛ so’zining ma’nosini Maxmudxo’ja Bexbudiy ta’rifi
bo’yicha ‚Er va tuproqni bayon qilaturg’on ilimni aytadur‛. Darslikda
geografiyani quyidagi tarmoqlari ajratiladi: ‚Matematik geografiya‛
(Jug’rofiyai riyoziy), Tabiiy geogrfiya (Jug’rofiyai tabiiy), Tarixiy
geografiya (Jug’rofiyai tarixiy), Siyosiy geografiya (Jug’rofiyai siyosiy) va
x.k. lar. Xulosa qilib adib geografiyani dunyo va undagi tabiiy va ijtimoiy
xodisalar xaqida bilim beradigan jahonnomadur deb ta’rif beradi.
‚Geografiya qachon paydo bo’lgan‛ qismida geografiyaning qisqacha
rivojlanish tarixi quyidagi bosqichlarga bo’linib yoritiladi: qadimgi, o’rta
asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi bosqich. Har bir bosqichda
geografik bilimlarning rivojlanishi chuqur tahlil qilingan.
‚Turkiston donishmandlari‛ bo’limida Turkistonlik allomalarning
geografiya faniga qo’shgan xissi yoritilgan. Mazkur bo’limda Turkiston
tarixida tilga olinmagan allomalarning nomlari ham uchraydi.
‚Jug’rofiyani o’rganmoqni nafi‛ bo’limida gerafik bilimlarni kundalik
xayotda va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligini misollar tariqasida
yoritib berilgan.
‚Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur‛ bo’limida
musulmon allomalari asarlariga tayangan holda musulmonlar uchun
geografik bilimlarni ahamiyati ochiib berilgan.
‚Atrof; Jixoyati Asliya; Karta; Plan‛ bo’limida ufq va ufqning asosiy va
oraliq tomonlari, karta va plan xaqida bilimlar tizimi berilgan. Kartaning
Bexbudiy ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli,
topografik) ‚kartai umumiya, kartai xususiy, kartai to’pugrafik‛.
‚Xukumat va xukumronlar‛ bo’limida davlatlarni boshqarishning
turlari keltirilgan bo’lib, mazkur turlar xozirgi turlarga diyarli mos keladi.
‚Din va odat‛ bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida
to’xtalib o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy
va ilmiy axamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muxim
axamiyatga ega bo’lgan asardir. Uning har bir bo’limi alohida tahlil ga
sazovordir.