O’zbekistonda geografiya ta’limini tartibga solish davri




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

O’zbekistonda geografiya ta’limini tartibga solish davri
. Mazkur 
davrda geografiya ta’limini rivojlanishida 1934 yil 16 mayda chiqqan 
‚Boshlang’ich va o’rta maktabda geografiya o’qitilishi to’g’risida‛ nomli 
qarori katta axamiyatga ega bo’ldi. Mazkur qarorda har bir sinfda 
geografiya predmetini o’qitish bo’yicha tavsiyalar berilgan:
-III va IV sinflarda geografik nomlarni mustahkam o’rganishga etibor 
berilishiga katta etibor berilgan; 
-V sinfda asosan tabiiy geografiya bo’yicha berilgan bilimlar berilishi 
va dastur o’quvchilarning yoshini hisobga olgan holda soddalashtirilishi 
ko’rsatilgan; 


-VI sinf o’quv dasturida qit’alar tabiiy geografik sharoitini o’rganishga 
e’tibor kuchaytirilgan; 
-VII sinf dasturida mamlakatning umumiy tabiiy geografik tavsifi 
qoldirilishi va o’quv materialining osonlashtirilish, har bir ittifoq 
Respublikasining geografik tavsifi kiritilishi ko’rsatilgan. Mazkur qarordan 
so’ng geografiya predmetiga ajratilgan soatlar xajmi 15 soatga yetkazildi.
Ushbu bosqichda yangi dastur asosida qator o’quv qo’llanmalari va 
darsliklar tayyorlandi va nashr qilindi. 1936 yili 5-sinf uchun A.S.Barkov va 
A.A.Polovinkinlarning ‚Tabiiy geografiya‛, 6-sinf uchun. G.I.Ivanovning 
‚Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi‛, 7-sinf uchun N.A.Baranskiyning 
‚SSR tabiiy geografiyasi‛ (1-qism), S.V. Chefranovning ‚SSR tabiiy 
geografiyasi‛ (2-qism), 8-sinf uchun N.N.Baranskiyning ‚SSR iqtisodiy 
geografiyasi‛, I.A.Vitverning 9-sinflar uchun ‚Kapitalistik mamlakatlar 
iqtisodiy geografiyasi‛ darsliklari nashr qilindi. 
Ushbu bosqichda maktablar uchun atlaslar va metodik qo’llanmalar 
nashr qilindi va ular o’zbek tiliga tarjima qilindi. 1939 yili 
N.P.Arxangelskiy tomonidan ‚Boshlang’ich maktablarda jug’rofiyadan 
ko’rsatmalar‛ va F.A Ushinov tomonidan ‚Geografik materiallar‛ nomli 
metodik ishlari nashr qilindi. 
Geografik atamalar sohasida ham qator qo’llanmalar nashr qilindi: 
1935 yil O.Ibroximov ‚Geografiya atamalari‛, 1940 yili M.X.Bektemirov va 
S.Sayidrasulovlar tomonidan ‚qisqacha ruscha-o’zbekcha geografiya 
terminlari lug’ati‛ nashr qilindi. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda geografiya ta’limini tartibga solish davri

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish