• O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi
  • Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi.
    1958 yil 12 
    noyabrda qabul qilingan qonunga muofiq maktab o’quvchilarini xayotga 
    tayyorlash vazifasiga katta e’tibor berildi. Shuning uchun ushbu davrda 
    geografiya fanining boshlang’ich va umumta’lim maktablarida o’qitish 
    xayot bilan bog’langan holda olib borila boshlandi. Shu munosabat bilan 
    maktab geografiya darsliklari qaytadan ishlab chiqildi va nashr qilindi. 
    Natijada ayrim kurslar ikkita sinfda o’qitiladigan bo’lib qoldi. Masalan, 
    dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi VI va VII sinflarda, SSSR geografiyasi 
    VII va VIII sinflarda o’rganiladigan bo’ldi. Bu esa olingan bilimlarni 
    umumlashgan holda xulosalashni qiyinlashtirib qo’ydi. 
    Ushbu davrda mavjud darslikning mazmuni va tuzilishi o’zgardi, 
    o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanmalar nashr qilindi: N.F.Kurazovning 
    ‚Geografiya o’qitish metodikasi‛ (1952), V.P.Budanovning ‚Tabiiy 
    geografiya o’qitish metodikasi‛ nashr qilindi. 


    O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi

    1966 yil 10 noyabrda ‚O’rta umumiy ta’lim maktablarining ishini yanada 
    yaxshilash choralari to’g’risida‛ davlat qarori qabul qilindi. Qarorga 
    muofiq geografiya ta’limini yaxshilash bo’yicha komissiya tuzildi. Mazkur 
    komissiya tavsiyasiga binoan maktab geografiya kurslari sinflar bo’yicha 
    quyidagicha taqsimlangan: II sinfda tabiatshunoslik kursi-35 soat; III-
    sinfda tabiat shunoslik kursi-70 soat; IV-sinfda tabiatshunoslik kursi 70-
    soat; V- sinf da tabiiy geografiya boshlang’ich kursi-70soat; VI- sinfda 
    materiklar geografiyasi -105 soat; VII-sinf SSR tabiiy geografiyasi -70 soat; 
    VIII-sinf SSR iqtisodiy geografiyasi-70 soat; IX-sinfda chet mamlakatlar 
    iqtisodiy geografiyasi-70 soat;
    O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi soxasida XX-arsning 
    oxiri va mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi. Geografiya 
    o’qitish metodikasi sohasida O.Mo’minov, H.Vaxobov, R.Qurbonniyozov, 
    P.Musaev, P.G’ulomov, G’.Pardaev va boshqalar katta ishlarni amalga 
    oshirishgan.
    Umumta’lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari 
    tayyorlashda 
    N.Dolimov, 
    O.Mo’minov, 
    P.Musaev, 
    P.G’ulomov, 
    X.Vaxobov, A.Qayumov, P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov, 
    R.Qurbonniyozov, A.Soatov va boshqalarning xizmati katta.
    Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari P.Baratov, 
    X.Vaxobov, 
    M.Mamatqulov, 
    A.Rafikov, 
    G.Asanov, 
    M.Nabixonov, 
    I.Safarov, G’.Pardaev va boshqalar tomonidan yaratilgan. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish