• SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • II. Didaktik maqsadlariga ko’ra




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    II. Didaktik maqsadlariga ko’ra 
    1.Yangi bilimlarni o’rganish 
    2.Bilimlarni mustahkamlash 
    3.Bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari 
    III.Xulosa chiqarish faoliyatiga ko’ra 
    1.Analitik 
    2.Sintetik 
    3.Induktiv 
    4.Deduktiv 
    IV. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo’yicha
    1.Izohli - ko’rgazmali metod 
    2.Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi 
    3.Muammoli bayon metodi 
    4.Muammoli ta’lim metodi 
    5.Qisman izlanuvchan metod 
    6.Izlanuvchan metod 
    S.T.SHapovalenko barcha usullarni uch guruhga bo’ladi: 
    1.Og’zaki metodlar 
    2.Ko’rgazmali metodlar 
    3.Amaliy metodlar 
    Bundan tashqari geografiyada yuqoridagi usullarni yana ikki guruhga 
    bo’lishimiz mumkin: 
    1.Yangi bilim olish metodlari 
    2.Olingan bilimlarni qayta tiklash metodlari 


    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1.O’qitish metodi deb nimaga aytiladi? 
    2.O’qitish metodlarini dastlab kim sinflashtirgan? 
    3.Analitik va sintetik metodlarni farqi nimada? 
    4.Konstruktiv metod haqida so’zlab bering. 
    5. 1934 yil geografiya ta’limi haqida qanday davlat qarori qabul qilindi? 
    6. A.A.Polovinkin va V.P.Budanovlar qanday darsliklar yozgan? 
    7.O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha kim tomonidan 
    darslik yozilgan? 
    8.O’qitish metodlari ko’pincha nimaga asoslanib sinflashtirilgan? 
    9.Hozirgi paytda o’qitish metodlari qanday tamoil asosida sinflashtiriladi? 
    10.Didaktik maqsadlarga ko’ra o’qitish metodlari qanday guruhlarga 
    bo’linadi? 
     
    4.2.Geografiya darslarida o’qitish metodlarini tanlash texnologiyasi. 
    Geografiya darslarida o’qitish metodlarini tanlash o’ta muhim 
    vazifalardan biri hisoblanadi. Agar tegishli metod noto’g’ri tanlangan 
    bo’lsa o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati samarasiz bo’lib 
    qoladi. Shuning uchun o’qitish metodlarini tanlash ma’lum bir tamoillar 
    asosida olib borilmog’i lozim. Ular quyidagilardan iborat. 
    «Tanlangan metod» o’tiladigan mavzuning mazmuniga mos bo’lishi 
    lozim. Bu metodni samaradorligini birinchi va muhim sharti hisoblanadi. 
    Ko’p xollarda bir xil mazmundagi dars o’tish uchun yagona bitta metodni 
    qo’llash ko’p xollarda samara bermaydi. Shuning uchun o’qituvchilarni va 
    o’quvchilarni faoliyatiga mos keladigan metodlarni tanlash lozim. Bunda 
    o’quvchilarni bilish imkoniyatlari, ular amalga oshiradigan faoliyatning 
    murakkablik darajasi, vaqt omili va geografiya kabinetida zarur bilim 
    manbalarining bor yo’qligi metod turini aniqlab beradi. 
    O’qitish metodini tanlaganda o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini 
    hisobga olish tamoyili, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
    - o’quv mavzusining murakkabligiga; 
    - nazariy bilimlar xajmiga; 
    - sinf o’quvchilari darajasiga; 
    - o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyatiga; 
    Geografik bilimlarni xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Geografik 
    bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 
    -geografik voqea va xodisalarni tashqi ko’rinishi haqidagi bilimlar. 
    Mazkur bilimlar o’quvchilarda o’rganilayotgan voqealar haqida tasavvur-


    larni shakillantiradi. Masalan, tog’lar o’rmonlar, cho’llar, ko’llar, daryolar, 
    kartalar va x.k.; 
    -geografik voqea va xodisalarni fazoda joylashishi haqidagi bilimlar 
    tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, davlatlar, shaharlar, ma’muriy birlikla-
    rini joylashuvi; 
    -geografik voqea va xodisalarni xossalari haqidagi bilimlar. Bunday 
    bilimlarga tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug’lanish, , intensiv va 
    ekstensiv xo’jalik, tog’ jinslarining qattiqligi, suvning sho’rligi va harorati 
    va x.k; 
    -geografik jarayonlar xaqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga shamol, 
    yog’inlar, suv erroziyasi, surilmalar, zil-zilalar, ishlab chiqarish jarayonlari, 
    migratsiya, urbanizatsiya, vulkanlar va boshqa jarayonlar kiradi; 
    -geografik borliq va xodisalarning tarkibi xaqida bilimlar. Masalan, 
    tog’ jinslarining tarkibi, yog’inlarning tarkibi, yer resurslarniiing tarkibi
    aholining milliy tarkibi va x.k; 
    -geografik borliq va xodisalarining tuzilishi haqidagi bilimlar. Mazkur 
    bilimlarga yerning qobig’i, yerning tuzilishi, atmosferaning tuzulishi, 
    yerning ichki tuzilishi, qishloq xo’jaligining tuzilish, tuproqning tuzilishi, 
    xalq xo’jaligining tuzilishi va x.k; 
    -geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar xaqidagi bilimlar, 
    masalan, sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funktsional aloqalar. 
    Mazkur bilimlarning har biri alohida o’qitish usullarini qo’llashni 
    taqazo etadi.
    Qo’llaniladigan metodlar quyidagi talabalarga javob berishi lozim: 
    a) metod tarbiyaviy bo’lishi lozim, ya’ni o’quvchilarning rivojlanishga, 
    qiziqishlariga ta’sir ko’rsatishi lozim; 
    b) tanlangan metod ilmiy bo’lishi lozim, metod ilmiy jihatdan 
    qanchalik asoslangan bo’lsa, shunchalik ravshan va aniq bo’ladi: 
    v) metod ommabop bo’lishi lozim; 
    g) metod samarali bo’lmog’i zarur, ya’ni o’quv materiallarini 
    mustahkam egallashga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish