Didaktik o’yinlar texnologiyasi




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

10.2. Didaktik o’yinlar texnologiyasi. 
Geografiya ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi o’quvchilarni 
bilim faoliyatini jadallashtirishni asosiy usullaridan biri sifatida ilgaridan 
qo’llanib kelinadi. 
O’quvchilarga geografik o’yinlar orqali bilim berish didaktik o’yinli 
darslar deb ataladi. 
Geografik o’yinlarning asosiy xususiyatlari qo’yidagilardan iborat. 
1. Geografik o’yinlar bilan dars o’tilganda o’quvchilarda rivojlantiruv-
chi faoliyat vujudga keladi. Bunda o’yinda ishtirok etayotgan o’quvchilar 


rollarini, vazifalarini erkin tanlashadi. Masalan, ekspeditsiya o’yinlarida 
kema darg’asi, boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograflar, dengizchilar va 
boshqa rollar. 
2. Geografik o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida ijodiy muhitni va 
munozarali vazifalarni vujudga kelishi. O’quvchilar geografik o’yin 
davomida aniq bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar 
bilan mashg’ul bo’ladi, ma’lum bir muammoli vaziyat vujudga kelsa ularni 
hamkorlikda yechishadi. 
Geografik o’yinlar darsini mavzusi va o’tkaziladigan muddatini 
o’qituvchi oldindan belgilaydi. O’yinga tayyorgarlik davomida o’qituvchi 
geografik o’yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik 
o’yinlarning tarkibiy tuzilishiga quyidalilar kiradi: o’yining maqsadi va 
loyihasini ishlab chiqish; o’yinda ishtirok etadigan personajlarni (rollarni) 
aniqlash; o’yinda ko’zda tutilgan personajlarni vazifalarini ishlab chiqish; 
ma’lum bir personajlar bajaradigan vazifalarni metodini ishlab chiqish yoki 
tanlash; geografik o’yinda ishtirok etadigan personajlar o’rtasidagi 
munosabatlarni ishlab chiqish. 
Geografik o’yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo’linadi. 
Ularning barchasi ma’lum bir o’quv sharoitlarida qo’llaniladi. Geografik 
o’yinlar syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferentsiya va boshqa 
turlarga bo’linadi.
Syujetli-rolli o’yinlar tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy borliq voqea va 
hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Ijodiy o’yinlar o’quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum 
bir muammoli geografik masalani didaktik o’yin orqali yechishga 
mo’ljallangan bo’ladi.
Ishbilarmonlik yoki biznes o’yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
darslarida ko’proq qo’llaniladi. 
Bunday iqtisodiy, ijtimoiy va geografik muammolar geografik o’yinlar 
yordamida hal qilinadi. 
Geografiya fanida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarni ikkita katta 
guruhga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografik o’yinlar va ijtimoiy-iqtisodiy 
geografik o’yinlar. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish