Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari




Download 36,5 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2017
Hajmi36,5 Kb.
#146
  1   2

Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari:


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;


vazirlik Markaziy apparati, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarning tezkor va safarbarlik tayyorgarligini tashkillashtirish;


Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat Bojxona qo‘mitalari bilan vazirlikning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish;


Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;


vazirlik hay’ati yig‘ilishlarini o‘tkazilishini tashkillashtirish, hay’at yig‘ilishlari xujjatlarini ishlab chiqish va umumlashtirish, yig‘ilish qarorlarida belgilangan talablarning bajarilishini nazorat va tahlil qilish;


Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi bilan hamkorlikda vazirlikning safarbarlik tadbirlarini tashkillashtirish;


qutqaruv tuzilmalarini doimiy shayligini ta’minlash, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, sodir etilgan terroristik xurujlar oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida qutqaruv tuzilmalarini boshqarish va tezkor harakatlarini muvofiqlashtirish;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimi kuch va vositalari hamda vazirlikning tezkor bo‘ysinuvidagi kuch va vositalari bilan hamkorlik qilish va faoliyatini muvofiqlashtirish;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash;


soha yo‘nalishida axborot – tahlil, statistik va monitoring ishlarini tashkillashtirish;

tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda terroristik xurujlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda bashoratlash ishlarini amalga oshirish;


vazirlik Markaziy apparatida tezkor navbatchilikni tashkillashtirish;


vazirlik tizimini kundalik faoliyatida va alohida davrda hamda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish davrida barqaror aloqa bilan ta’minlash;

Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda transchegaraviy favqulodda vaziyatlar hududlari mavjud bo‘lgan qo‘shni davlatlarning aloqa xizmatlari bilan hamkorlikda aloqa tizimining shayligini ta’minlash;


Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining barcha darajalari va bo‘g‘inlarida aholini xabardor qilish tadbirlarini tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;


aholini xabardor qilish  viloyatlar ichki tizimi va mahalliy xabar berish tizimlarining qurilishi va qayta qurilish tadbirlarini texnik tomondan nazorat qilish.



Download 36,5 Kb.
  1   2




Download 36,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari

Download 36,5 Kb.