|
Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy funksiyalari
|
bet | 2/2 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 36,5 Kb. | | #146 |
Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy funksiyalari:
favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda harakat qilish sohasida davlat siyosatini hayotga tadbiq etish;
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, profilaktika qilish va sodir bo‘lganda bartaraf etish masalalarida FVDT funksional va hududiy quyi tizimlarining navbatchilik qismlari bilan hamkorlikdagi ishlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
respublika hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf qilish tadbirlarini rejalashtirish, vazirlik tizimi bo‘ysinuvidagi boshqaruv organlariga tezkor vazifalarni o‘z vaqtida etkazish;
vazirlik Markaziy apparati, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarning jangovar shayligi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, tashkillashtirish va amalga oshirish, mazkur masalalar yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va direktivalari loyihalarini tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasiga muntazam ravishda aniqliklar kiritib borish;
mobil boshqaruv punktlarining yoyilishini takillashtirilishida va ulardagi tezkor guruhlarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish va ishini nazorat qilish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv xizmatlari va tuzilmalariga rahbarlik qilish;
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf etish masalalariga oid me’yoriy-huquqiy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqilishini tashkillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarning texnika, jixoz, uskuna va maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlash ishlarini nazorat qilish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkiliy-shtat tizimini takomillashtirilishini tashkillashtirish va ushbu masala yuzasidan vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
Qo‘mondon-shtab, maxsus-taktik va safarbarlik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish;
vazirlik Markaziy apparatini yuqori jangovar tayyorgarlik darajalariga keltirish rejalarini ishlab chiqilishini tashkillashtirish va muntazam ravishda aniqliklar kiritib borish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari bilan o‘quv yig‘inlarini hamda malaka oshirish tadbirlarini rejalashtirish;
sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va muntazam ravishda tahlil qilib borilishini tashkillashtirish;
belgilangan muddatlarda jangovar boshqaruv signallarni (ko‘rsatmalarni) qabul qilish va etkazilishini hamda axborot lmashinuvini sifatli va kechiktirmasdan amalga oshirilishini ta’minlash.
|
| |