|
Yarimo’tkazgichlarda kirishmalarning o’zaro ta’sirlashuvi
|
bet | 76/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F Yarimo’tkazgichlarda kirishmalarning o’zaro ta’sirlashuvi.
Kirishmalar o’zaro ta’sirlashuvning ko’rinishlari. Fazaviy muvozanatlar termodinamikasidan kristalda eriyotgan kirishmalar konsentratsiyasi kimyoviy potensiallar muvozanati orqali aniqlanadi. Agar har bir faza bir xildagi ideal nuqsonlardan tashkil topgan bo’lsa, ulardagi parsial kimyoviy potensiallar
(7.1)
ko’rinishda bo’ladi, bu yerda — nuqsonlar konsentratsiyasi, — birlik nuqsonnning erkin energiyasi. Umumiy kimyoviy potensial parsial kimyoviy potensiallar yig’indisiga teng bo’ladi.
Kristaldagi kirishma atomlari eruvchanligini tavsiflash uchun kristalning va nuqsonlarning idealligiga e’tibor berish kerak. Bunda kiritilayotgan kirishma konsentratsiyasi nuqsonlar konsentratsiyasi tartibida ho’lishi kerak. Odatda bu oldindan aniq bo’lmaydi. Agar qandaydir nuqson katta ga ega bo’lsa, kichik konsentratsiyada ham kuchli ta’sir etishi mumkin. Bu ikki noaniqliklar mumkin bo’lgan har qanday nuqson kristaldagi eruvchanlikni tahlil qilganda to’la hisobga olishni ko’rsatadi.
Shunday qilib, geterogen kristaldagi muvozanat komponentalar kimyoviy potensial muvozanatlashganda ro’y beradi. Bu shart atomlar orasidagi o’zaro ta’sir bo’lmaganda sodda ko’rinishda bo’ladi. Lekin o’zaro ta’sirning butunlay yo’q bo’lishi qaralayotgan sistemaga keskin chegara qo’yish bo’ladi. Kirishmalar ionizatsiyasi muvozanat jarayonlariga va elementlar eruvchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Buni hisobga olish uchun kimyoviy potensialga elektronning kimyoviy potensialini qo’shish kerak bo’ladi. Bu to’la va partsial erkin energiyaning o’zgarishidir.
Kirishmalar o’zaro ta’siri ikkiga bo’linadi: tashqi va ichki. Ulardan birinchisi kristalning tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini ifodalaydi. Ikkinchisi ichki o’zaro ta’sir bo’lib, kristallning erkin energiyasini o’zgartiradi. Bu o’zaro ta’sirlar quyidagi sinflarga bo’linadi:
statik - kristall panjaradagi tarkibiy elementlarning siljishi;
zaryadli - zaryadning saqlanish qonunini ta’minlovchi, kristallda qo’shimcha potensial hosil qilmaydigan o’zaro ta’sirlar;
potensial - kristall potensial energiyasi oshishi hisobiga erkin energiyaning o’zgarishiga olib keluvchi turli o’zaro ta’sirlar yig’indisi;
assotsiativ (birikmalar hosil qiluvchi) - assotsiatsiya va birikmalar hosil bo’lishiga olib keluvchi, ya’ni yangi va kristall panjara bo’ylab yaxlit harakatlana oladigan o’zaro ta’sirlar.
Kirishmalar o’zining tutgan o’rni va bajaradigan vazifalariga qarab bir necha turlarga bo’linadi.
|
| |