|
Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A
|
bet | 74/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 7.2-jadval.
Yarimo’tkazgichlarda keng tarqalgan kirishmalarning elektr tabiati.
Yarimo’tkazgich
|
Neytral kirishma
|
Donorlar
|
Akseptorlar
|
Kremniy Germaniy Galliy arsenidi Galliy fosfidi
|
H, N, C, Ge, Sn, Pb, Ar
H, N, C, Ge, Sn, Pb, Ar
H, N, B, Al, In, P, Sb
H, N, B, Al, In, As, Sb
|
P, As, Sb, Li P, As, Sb, Li
Si, Sn, Te, S, Se
Si, Sn, Te, S, Se
|
B, Al, Ga, In B, Al, Ga, In Zn, Cd, Be, Li
Be, Mg, Zn, Cd, C
|
Muntazam kristall panjarali (monokristall) hamda kirishmaning zarur miqdori va taqsimoti qat’iy nazorat qilinuvchi yarimo’tkazgich kristallarni hosil qilish — maxsus tozalikka rioya qilingan sharoitda yuqori darajada aniq va murakkab asbob-uskunalar ishlatiladigan juda ham murakkab texnologik jarayon. Yuqorida bayon qilingan barcha jarayonlarni zonalar nazariyasi yordamida tushuntirish mumkin. Qattiq jismlarning o’tkazuvchanligi kvant nazariyasi zonalar nazariyasiga asoslangan. Qattiq jismlarda elektronlar faqat muayyan qiymatli energiyalarga ega bo’la oladi. Sathlar zonalarni tashkil qiladi, ular bir-biridan zonaga tegishli energiya oraliqlari bilan ajralgan bo’ladi.
Metallarda zonalar yo o’zaro ustma-ust tushgan yoki elektronlar bilan chala to’ldirilgan bo’ladi. Metallda ham elektr maydon ta’sirida elektron sathdan sathga erkin o’tadi, chunki zonadagi sathlar orasidagi masofa elektronning
manbaning elektr maydonida oladigan energiyasi esa eV. Sathdan sathga o’tishning osonligi elektronning erkin harakatini bildiradi.
Yarimo’tkazgichlar va izolyatorlarda to’ldirilgan energiya zonasini bo’sh zonadan kengligi bir necha elektronvoltga yetadigan energiya tirqishi taqiqlangan zona ajratib turadi. Bu taqiqlangan zona orqali elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga o’tib ketishi mumkin. Temperatura ortishi bilan bunday o’tishlar ehtimoli ortadi. Shuning uchun temperatura ko’tarilgan sari yarimo’tkazgichlar va dielektriklarning o’tkazuvchanligi oshadi, bu ularning metallardan muhim farqidir. Izolyatorlar va yarimo’tkazgichlarning hir-biridan farqi quyidagicha: izolyatorlarda taqiqlangan zona yarimo’tkazgichlardagidan keng. Bundan tashqari, yarimo’tkazgichlarda kirishma o’tkazuvchanligi muhim rol o’ynaydi, bu holda yarimo’tkazgichning kristall panjarasiga kirib olgan kirishma atomlari tufayli taqiqlangan zonada qo’shimcha sathlar paydo bo’ladi.
Metallarda solishtirma qarshilik (odatda, xuddi shu kattalik bilan qattiq jismning o’tkazuvchanlik xossalari xarakterlanadi) xona temperaturasida Ω*m dan (kumushda) Ω*m gacha (vismutda) oraliqda bo’ladi. Yarimo’tkazgichlar turkumiga solishtirma qarshiligi dan Ω*m gacha bo’lgan materiallar kiradi. Izolyatorlar Ω*m gacha solishtirma qarshilikka ega bo’ladi. SI da o’tkazuvchanlik siemens (Sm) birliklarda o’lchanadi.
|
| |