|
Ferro-, para- va diamagnetiklar tavsiflarini aniqlash usullari
|
bet | 79/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F Ferro-, para- va diamagnetiklar tavsiflarini aniqlash usullari.
Magnetiklar (diamagnit, paramagnit va ferromagnit moddalar). Magnit xossalari bo’yicha barcha moddalar uchta sinfga bo`linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 bo’lgan moddalarga diamagnitlar deyiladi; bunday moddalar qatoriga kiradi, masalan, suv ( 0,999991 ), shisha ( 0,999987 ), vismut ( 0,999830 ), mis ( 0,999991 ). Diamagnit va paramagnit moddalarning magnit singdiruvchanligi birdan kam farq qiladi. Elektrotexnik hisoblashlarda bu farq qoidaga ko’ra e’tiborga olinmaydi, shuning uchun diamagnit va paramagit moddalarni nomagnitlar deyiladi, ularning magnit singdiruvchanliklarini birga tenglashtiriladi.
Magnit singdiruvchanligi minglar va o’n minglar bilan o’lchanadigan ( 1) moddalarga feromagnitlar deyiladi. Ferromagnit moddalarga misol sifatida aytish mumkin kobaltni, cho’yanni, nikelni, temirni, po’latni temir-nikel qotishmalari (permalloy) ni. Bu moddalarning muhim xossasi shundan iboratki, ularning magnit singdiruvchanliklari tashqi maydon magnit induksiyasiga va ularning avvalgi magnit holatiga bog’liq, hozirgi vaqtda ferromagnit moddalarni magnitlangan kichik sohalar (10-3 mm)-domenlardan tuzilgan deb hisoblamoqda. Tashqi magnit maydoni bo’lmaganda domenlar xaotik joylashadi va ularning magnit maydonlari o’zaro muvozanatlashadi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida
ko’pchiligi magnit kuch chiziqlari bo’yicha orientasiyalanadi. Diamagnit muhitlar tashqi magnit maydonini bir muncha susaytiradi (masalan, to’g’ri tokli o’tkazgichning maydonini). Paramagnit muhitlar tashqi magnit maydonini bir muncha kuchaytiradi. Ferromagnit muhitlar tashqi magnit maydonini ming va o’n ming marta kuchaytiradi.
Doimiy va o’zgaruvchan magnit maydonlari. Ferromagnetiklarning magnitlanishi. Agar vaqt o’tishi bilan magnit induksiyasi o’zgarmasa, magnit maydonini doimiy deyiladi. Bunday maydonni o’zgarmas tok vujudga keltiradi. O’zgaruvchan tok vaqt bo’yicha qiymati va yo’nalishi o’zgarib turadigan o’zgaruvchan magnit maydonini vujudga keltiradi. O’zgaruvchan magnit maydonida ferromagnit moddalar yordamida jarayonlar vujudga keladi, qaysiki oqibati magnit gisterezis va gisterezisdagi isroflar hisoblanadi. Bunga kengroq to’xtalib o’tamiz. Moddlarning magnit xossalarini o’rgana borib, keng ko’lamdagi materiallar sinifini ajratdik, qaysiki ular o’zlari joylashgan magnit maydonini birdaniga ortirish xossasiga ega. Bunday moddalar ferromagnit moddalar (ferromagnetik)lar degan nomni oldi, shunday qilib ularning maxsus xossalari birinchi marta temirda aniqlangan.
Hozirgi zamon texnikasida ferromagnit materiallar muhim rol o’ynaydi. Elektr generatorlar, dvigatellar, transformatorlar tayyorlash uchun har yili millionlab tonna elektrotexnik po’lat sarflanadi. Zamonaviy radiotexnika ham ferromagnit materiallarsiz ish yurita olmaydi. Ferromagnit materiallar yuqori tezlikda operatsiyalarni bajaradigan hisoblash mashinalari, tovush yozish texnikasida, nozik signallarni kuchaytirish texnikasida keng qo’llanilmoqda. Katta quvvatli ko’p qirrali magnitlar mikrodunyoni o’rganadigan muhim quroli hisoblangan elementar zarralar tezlatgichlarining asosini tashkil etadi. Ferromagnit moddalarning xossalari o’z-o’zidan magnitlangan soha – domenlar va tashqi maydonda bu sohalarning orientasiyalanishiga bog’liq. Ferromagnit materiallarda magnit maydon induksiyasi va kuchlanganliklari orasidagi bog’lanish chiziqli qonunga bo’ysinmaydi, analitik tasvirlash qiyin bo’lgan murakkab shaklga ega. Bu
bog’lanish birinchi marta taniqli rus olimi A.G. Stoletov tamonidan o’rganilgan va
grafik ko’rinishidagi tasviri magnit gisterezis halqasi nomini olgan dan ko’rinadiki, magnit kuchlanganligining bir xil qiymatiga materialning magnitlanish yoki magnitsizlanishiga bog`liq magnit induksiyasining har xil qiymatlari mos keladi.
|
| |