VIII BOB. OPTIK VA LAZER TEXNIKASI USULLARI




Download 4,04 Mb.
bet81/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

VIII BOB. OPTIK VA LAZER TEXNIKASI USULLARI.





    1. Optik spektraskopiya turlari va usullari. Magnitooptik usullar.

Spektroskopiya, jumladan, molekulyar spektroskopiya elektromagnit to’lqinlarning moddada yutilishi, qaytishi va sochilishi jarayonlari vositasida moddani tashkil etgan molekulalarning tuzilishi va xossalarini o’rganuvchi fandir.


Spektroskopik tadqiqotlarning obyekti sifatida turli agregat holatida bo’lgan turli-tuman moddalardan foydalanish mumkin. Bunday obyektlarning eng oddiy holi molekulalari bir-biridan, ularni mustaqil deb hisoblash mumkin bo’lgan masofada joylashgan siyraklashgan gazlardir. Eng murakkab holi esa har bir zarrachasi molekulalararo o’zaro ta’sirda ishtirok etuvchi kondensirlangan muhit hisoblanadi. Spektroskopik ma’lumotlardan nafaqat molekulaning tuzilishi va xossalari, shuningdek, molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari haqida, modda tuzilishi bo’yicha ham ma’lumotga ega bo’lish mumkin.
Ma’lumki, elektromagnit nurlanish energiyasining to’lqin uzunligi bo’yicha taqsimlanishi spektr deyiladi. Nurlanishning modda bilan ta’siriga qarab nurlanish spektri, yutilish spektri, sochilish spektri va qaytish spektriga ajraladi.
Spektroskopiyani umumiy holda atom yadro spektroskopiyasi, molekulyar spektroskopiya va kristallar spektroskopiyasiga bo’lib o’rganiladi. Kogerent yorug’lik manbalari – lazerlar kashf qilinganidan keyin spektroskopiya yana kogerent nurlar spektroskopiyasi, ya’ni lazerlar spektroskopiyasi, kogerent bo’lmagan nurlar spekroskopiyasi – klassik spektroskopiyaga bo’lindi.
Elektromagnit nurlanishning sohasiga qarab spektroskopiya:

    • nurlar spekroskopiyasi (to’lqin uzunligi 10–10-10–11 m yoki chastotasi =3×1018-3×1020 Hz),

    • rentgen nurlari spektroskopiyasi (to’lqin uzunligi 10-8-10-10 m yoki chastotasi =3×1016-3×1018 Hz),

    • optik spektroskopiya (to’lqin uzunligi 10-3-10-8 m yoki chastotasi =3×1012 - 3×1016 Hz, (bu sohaning o’zi yana infraqizil, ko’rish sohasi va ultrabinafsha sohalarga bo’linadi),

    • radiospektroskopiya (to’lqin uzunligi =10–4-10-2 m yoki chastotasi =3×106- 3×1012 Hz (bunga mikroto’lqin spektroskopiyasi, EPR va YAMR ham kiradi) sohalarga bo’linadi.

Har bir soha molekulyar sistema harakatining ma’lum bir turi haqida ma’lumot beradi. Masalan, ko’rish va ultrabinafsha sohada elektron o’tishlar haqida ma’lumot olinsa, infraqizil sohada molekula atomlarining muvozanat vaziyati atrofida tebranishi haqida ma’lumot olish mumkin.
Molekulaning spektri moddaning xususiyatlari haqida to’liq ma’lumot beradi. Molekulaning spektriga qarab nafaqat modda qanday molekulalardan tashkil topganligi haqida, hatto molekuladagi atomlarning o’zaro joylashishi, molekulalarning izomerlari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Misol uchun, AlCl3, Al2Cl6, C6H5Cl va hokazo moddalarning tuzilishini keltirib o’tish mumkin. Molekulyar spekroskopiyaning muhim ustunliklaridan biri tajriba paytida modda holati va xususiyatlari o’zgarmay qoladi, ya’ni moddaning barcha xususiyatlari saqlanib qoladi. Molekulalarning spektri atomning spektriga nisbatan ancha murakkab.
Molekulalarda elektronlarning harakati bilan birgalikda atom yadrolarining bir-biriga nisbatan tebranma harakati va fazodagi holatining davriy o’zgarishi aylanma harakati mavjud. Shuning uchun spektrni hosil qiladigan energetik sathlarning holatiga qarab aylanma, tebranma-aylanma, elektron-tebranma- aylanma spektrlar mavjud (8.1-rasm).


Download 4,04 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VIII BOB. OPTIK VA LAZER TEXNIKASI USULLARI

Download 4,04 Mb.