Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

Gmail login
sahifasining deyarli bir xil
versiyasiga olib boradi. Hisob tanlangandan so‘ng, siz Google hisobingizga
kirishga taklif qilinasiz, ya'ni buzg‘unchi erkin harakat qiladi.
1.20-rasm. Google Docs firibgarligi
Taniqli korporativ brendidan foydalanishga asoslangan firibgarlik
.
Firibgarlikning mazkur ko‘rinishida taniqli yoki yirik kompaniyalar nomidan
foydalanuvchiga xabar yuboriladi va xabarda kompaniya tomonidan o‘tkazilgan
biror tanlovda g‘alaba qozonilganligi haqidagi tabriklar bo’ladi hamda unda zudlik
bilan qayd yozuvi ma’lumotlari va parolni o‘zgartirish kerakligi so‘raladi.
Soxta lotareyalar
. Mazkur fishing sxemasiga ko‘ra foydalanuvchi har
qanday taniqli kompaniya tomonidan o‘tkazilgan lotereyada g‘olib bo‘lgani
to‘g‘risidagi xabarni olishi mumkin.
Soxta antivirus
va
xavfsizlik dasturlari
. Mazkur dasturlar firibgar dasturiy
ta’minoti yoki “
chaqqon dastur
” deb nomlanib, ular antivirus dasturlariga
o‘xshasada, vazifasi boshqa. Bu dasturiy ta’minot turli tahdidlar to‘g‘risidagi
yolg‘on xabarnomalar asosida foydalanuvchini soxta bitimlarga jalb qilishga
harakat qiladi. Foydalanuvchi ulardan foydalanganida elektron pochtada, onlayn
e’lonlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, qidiruv tizimlari natijalarida va hatto
foydalanuvchi kompyuterida turli qalqib chiquvchi oynalarga duch kelishi
mumkin.
IVR (Interactive Voice Response) yoki telefon orqali fishing
. Fishing
sxemasining mazkur usuli oldindan yozib olingan xabarlar tizimidan foydalanishga


asoslangan, ular bank va boshqa TVR tizimlarining “rasmiy qo‘ng‘iroqlari”ni
qayta tiklash uchun ishlatiladi. Bu hujumda jabrlanuvchi bank bilan bog‘lanib,
qandaydir ma’lumotlarni tasdiqlash yoki yangilash kerakligi haqidagi so‘ovni
qabul qiladi. Tizim PIN kodni 35 yoki parolni kiritish orqali foydalanuvchi
tasdig‘ini talab qiladi. Natijada, muhim ma’lumotlarni qo‘lgan kiritgan buzg‘unchi
foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Preteksting
. Mazkur fishing sxemasida xaker o‘zini boshqa shaxs sifatida
ko‘rsatadi va oldindan tayyorlangan senariy (skript) bo‘yicha maxfiy axborotni
olishni maqsad qiladi. Ushbu fishing sxemasi odatda telefon yoki elektron pochta
orqali amalga oshiriladi.
Kvid pro kvo (lotinchadan: Quid pro quo)
. Ushbu ibora ingliz tilida “
xizmat
uchun
xizmat” degan ma’noni anglatib, sotsial injineriyaning mazkur turida xaker
korporativ tarmoq yoki elektron pochta orqali kompaniyaga murojaatni amalga
oshiradi. Ko‘pincha xaker o‘zini texnik xizmat ko‘rsatuvchi sifatida tanitib, texnik
xodimning ish joyidagi muammolarni bartaraf etishda “
yordam berishini
” aytadi.
Texnik muammoni “
bartaraf
” etish vaqtida nishondagi shaxsni buyruqlarni
bajarishga yoki jabrlanuvchining kompyuteriga turli xil dasturlarni o‘rnatishga
undash amalga oshiriladi.
Yo‘l-yo‘lakay olma
. Sotsial injineriyaning mazkur usulida xaker maxsus
zararli dastur yozilgan ma’lumot eltuvchilardan foydalanadi va zararli dasturlar
yozilgan eltuvchilarni qurbonning ish joyi yaqinida, jamoat joylarida va boshqa
joylarda qoldiradi. Bunda, ma’lumot eltuvchilari tashkilotga tegishli shaklda
rasmiylashtiriladi. Masalan, xaker biror korporatsiya logotipi va rasmiy web-sayt
manzili tushirilgan kompakt diskni qoldirib ketadi. Ushbu disk “Rahbarlar uchun
ish haqlari” nomi bilan nomlanishi mumkin. Ushbu eltuvchini qo‘lga kiritgan
qurbon uni o‘z kompyuteriga qo‘yib ko‘radi va shu orqali kompyuterini zararlaydi.
Ochiq ma’lumot to‘plash
. Sotsial injineriya texnikasi nafaqat psixologik
bilimlarni, balki, inson haqida kerakli ma’lumotlarni to‘plash qobilyatini ham talab
etadi. Bunday ma’lumotlarni olishning nisbatan yangi usuli ochiq manbalardan,
ijtimoiy tarmoqlardan to‘plash. Masalan, «
Одноклассники
», «
ВКонтакте
»,


«
Facebook
», «
Instagram
» kabi 36 saytlarda odamlar yashirishga harakat
qilmaydigan juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Odatda, foydalanuvchilar xavfsizlik
muammolariga yyetarlicha e’tibor bermasdan, xaker tomonidan foydalanilishi
mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va xabarlarni qarovsiz qoldiradilar.
Mashhur sotsial injinerlar
. Kevin Mitnik tarixdagi eng mashhur sotsial
injinerlardan biri, u dunyodagi mashhur kompyuter xakeri, xavfsizlik bo‘yicha
mutaxassis
va
sotsial
injineriyaga
asoslangan
kompyuter
xavfsizligiga
bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarning ham muallifidir. Uning fikriga ko‘ra xavfsizlik
tizimini buzishdan ko‘ra, aldash yo‘li orqali parolni olish osonroq.
Ijtimoiy injineriyadan himoyalanish choralari
. Hujumlarni amalga
oshirishda sotsial injineriya texnikasidan foydalangan tajovuzkorlar teztez
muloyimlik, dangasalik, xushmuomilalik bilan foydalanuvchi va tashkilot
xodimlarining qiziqishlaridan foydalanadilar. Hujumlarni oldini olish esa,
xodimlarning aldanayotganliklarini bilmasliklari sababli, murakkab hisoblanadi.
Sotsial injineriya hujumlarini quyidagicha aniqlash mumkin:
- o‘zini do‘stingiz yoki yordam so‘rab murojaat qilgan yangi xodim sifatida
tanishtirish;
- o‘zini yetkazib beruvchi, hamkor kompaniyaning xodimi yoki qonun vakili
sifatida tanishtirish;
- o‘zini biror rahbar sifatida tanishtirish;
- biror zaiflikni bartaraf etuvchi yoki jabrlanuvchiga biror nimani yangilash
imkoniyatini taqdim qiluvchi sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi sifatida tanishtirish;
- muammo yuzaga kelganida yordam beruvchi sifatida tanishtirish;
- ishonchni hosil qilish uchun ichki xotirjamlik va terminologiyadan
foydalanish;
Hayotda ko‘plab jabhalarda sotsial injineriyaga tegishli muammolarni
ko‘rish mumkin.
Xususan
,
ommaviy
madaniyatda
(masalan,
kinofilmlarda)
sotsial
injinerlikdan foydalanish holatlari tez-tez uchrab turadi. Masalan, quyidagi
keltirilgan kinofilmlarda sotsial injineriyaga oid epizodlar mavjud:


− «Поймай меня, если сможешь»;
− «Поймай толстуху, если сможешь»;
− «Один дома»; − «Хакеры»;
− «Афера Томаса Крауна»;
− «Бриллианты навсегда»;
− «Кто я».

Download 7,29 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish