• 3 BOB. AXBOROTNING KRIPTOGRAFIK HIMOYASI 3.1. Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
  • Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/92
    Sana22.07.2024
    Hajmi7,29 Mb.
    #268251
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
    Bog'liq
    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

    Nazorat savollari
    1. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va uning sathlari mohiyati.
    2. Axborot xavfsizligi strategiyasi tushunchasi.


    3.Korxona
    arxitekturasini
    tuzishda
    xavfsizlik
    strategiyasi
    va
    arxitekturasining o‘rni.
    4. Axborot xavfsizligi siyosati maqsadi qanday?
    5. Xavfsizlik siyosati zaruriylik sharti nimalarda ayon bo’ladi?
    6. Xavfsizlik siyosatining tarkibiy tuzilmasi deganda nimani tushinasiz?
    7. Xavfsizlik siyosatining asosiy turlari.
    8. Internetdan foydalanish siyosati.
    3 BOB. AXBOROTNING KRIPTOGRAFIK HIMOYASI
    3.1. Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
    Muhim axborotni muayyan adresatga, boshqalarga bildirmasdan, uzatish
    masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin:
    adresatlar orasida axborotni uzatishning mutlaqo ishonchli yashirin kanalini
    yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda amalga oshirish murakkab;
    uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini
    berkitish evaziga;
    axborotni shunday o‘zgartirish lozimki, uni faqat qonuniy qabul qiluvchi
    tiklay olishi mumkinligi evaziga.
    Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi.
    Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar taalluqli:
    - axborotning konfidensialligini taminlash;
    - axborotning yaxlitligini taminlash;


    - autentifikatsiya usullarini amalga oshirish;
    - harakatni rad qila olmaslikni taminlash.
    Konfidensiallik
    xususiyati
    simmetrik
    va
    ochiq kalitli
    (asimmetrik)
    kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati kriptografik xesh
    funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi. Autentifikatsiya
    qismtizimi turli kriptografik primitivlar (cryptographic primitives) asosida amalga
    oshirilishi mumkin. Harakatni rad qilaolmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar
    jo‘natuvchisining oldin jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan,
    himoyalanishini tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat ochiq kalitli kriptografiya
    vositalari yordamida ta’minlanadi.
    Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator kriptografik
    primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi:
    - simmetrik kriptotizimlar;
    - ochiq kalitli kriptotizimlar;
    - kriptografik xesh funksiyalar;
    - raqamli imzolar;
    - raqamli sertifikatlar
    .
    Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik
    kiritiladi.
    Alfavit
    deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi bilgilarning chekli
    to‘plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‘pincha atigi ikkita simvoldan
    (0, 1) iborat ikkili alfavit ishlatiladi.
    Matn yoki xabar
    – alfavit elementlaridan tartiblangan nabor.
    Ochiq matn (plaintext)
    – shifrlashga atalgan dastlabki xabar.
    Shifrmatn (cipher text)
    – ochiq matnni shifrlash natijasi.
    Shifrlash (encryption, enciphering)
    – ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish
    jarayoni.
    Rasshifrovkalash
    (decryption, deciphering) – shifrmatnni ochiq matnga
    o‘zgartiruvchi teskari jarayon.


    Deshifrlash
    (breaking) – kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq
    matnni tiklash jarayoni.
    Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor qarataylik:
    agar rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli
    muolaja hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni
    buzishdir. “
    Shifrlash
    ” umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini
    bildiradi.
    Kriptotizimlarni buzish usullari kriptotahlil (cryptanalysis)ni o‘rganish
    predmeti hisoblanadi.

    Download 7,29 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish