Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

Kriptografiya
va
kriptotahlil
uzviy bog‘langanliklari sababli, ularni
ko‘pincha birgalikda yagona fan –
kriptologiya
(cryptology) (
kryptos
- mahfiy,
logos
- ilm) sifatida qabul qilinadi.
Kriptotizim (cryptosystem)
– ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit
orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi.
Kalit (key)
, yoki kripto o‘zgaruvchi (cryptovariable) – o‘zgartirishlar
oilasidan birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir
parametrlarining muayyan qiymati.
Kriptotizimning “
qora quti
” sifatidagi ko‘rinishi 3.1 – rasmda keltirilgan.
3.1-rasm. Kriptotizimning «qaro quti» sifatidagi ko‘rinishi
Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat ekanligiga asoslangan
holda
Kerkgoff
prinsipini eslatib o‘tish lozim. Ushbu prinsipga binoan faqat kalit
sir
saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim. Bu degani, agar niyati
buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi. Kalitni esa
almashtirish mumkin.
Klod Shennon
ushbu prinsipni “Dushman tizimni biladi” deb
ta’riflagan.


Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash
tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
Kodlash
– ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki
hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga
o‘zgartirish.
Axborotni kodlash
- signalni axborotdan bevosita foydalanish uchun qulay
shakldan uzatish, saqlash yoki avtomatik qayta ishlash uchun qulay shaklga
aylantirish jarayoni.
Tarmoq kodlash
- bu oraliq tugunlarda ma'lumotlar paketlarini o'zgartirish
usullaridan
foydalangan
holda
tarmoq
orqali
ma'lumotlarni
uzatishni
optimallashtirish masalasini o'rganadigan axborot nazariyasi bo'limi.
Entropiyani kodlash
- kodlangan ketma-ketlikdagi elementlarning paydo
bo'lish ehtimolini o'rtacha hisoblash orqali ma'lumotlar hajmini (ketma-ketlik
uzunligi) kamaytirish uchun bir ma'noda qayta tiklanish imkoniyati bilan qiymatlar
ketma-ketligini kodlash.
Delta kodlash
- bu ma'lumotlarni o'zi o'rniga ketma-ket ma'lumotlar
orasidagi farq (delta) sifatida taqdim etish usuli.
Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini taminlash uchun amalga
oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalanadi.
Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi, bunday
o’zgartirishning asosiy maqasidi maxfiylikni taminlash hisoblanadi, bu shifrlangan
matnni ochiq matnni ko’ra olish faqat muayyan shaxslar ruxsat etilgan.
Kriptografiya
va
steganografiya
fan sohalari o‘xshashlikga ega bo‘lganligi
sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi.
Steganografiya
( yunoncha "yashirin"
+ γrphō " yozaman"; lit. "kriptografik yozish") - ma'lumotlarni uzatish yoki
saqlash usuli , bunday uzatish (saqlash) faktining maxfiyligini hisobga olgan
holda. Bu
atama
1499 yilda
Sponheimdagi
Benedikt
monastiri
Spongeymdagi Iogan Trithemius tomonidan joriy
etilgan
bo'lib
,
o'zining


"Steganografiya"
( lat. Steganographia )
risolasida sehrli
kitob
sifatida
shifrlangan.
Yashirin xabarning mazmunini yashiradigan kriptografiyadan farqli o'laroq ,
steganografiya uning mavjudligi faktini yashiradi. Odatda, xabar boshqa narsaga
o'xshaydi,
masalan,
rasm,
maqola,
xaridlar
ro'yxati,
xat
yoki 
sudoku
 . Steganografiya
odatda
kriptografik
usullar
bilan
birgalikda
qo'llaniladi, shuning uchun uni to'ldiradi.
Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi
mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin
shifrlangan matnga o‘zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga
kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni
shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar
asosida - farqi yo‘q) – ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish.
Kriptografiyaning
tarixi
:
Ma’lumotlarni
shifrlashning
dastlabki
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n yilliklarga qadar
foydalanilgan shifrlar
klassik shifrlar
deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida
taraqqiy etishini turli qarashlarga asosan bir nechta darvrlarga bo’lib o’rganiladi,
quyida biz ushbu davrlarni ko’rib chiqamiz.
1.
Qadimiy davr
(qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik
shifrlar asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga
asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari.
2.
O‘rta davr
(o‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan
ko‘p alfavitli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash usullarini
misol sifatida keltirish mumkin.
3.
1 va 2 – jaxon urushlari davri
(1 va 2- jaxon urushlari davridagi klassik
shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan bo‘lib,
radio to‘lqin orqali shifrmatnni uzatish (Morze alifbosi) amalga oshirilgan.
4.
Kompyuter davri
(zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari hisoblash
qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega. Zamonaviy


shifrlarga misol sifatida DES, AES, ГОСТ Р 28147-89, IDEA, A5/1, RC4
(barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli) larni keltirish mumkin.
Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari
. Kriptografiyani quyidagi bo‘limlarga
ajratish mumkin:
1.
Simmetrik kalitli kriptografiya
. Simmetrik kalitli kriptografiyaning
umumiy ko‘rinishi
3.1-rasm
dagi kabi bo‘lib, ma’lumotni shifrlash va
rasshifrovkalashda yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) foydalaniladi. Shuning
uchun

Download 7,29 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish